Toşkent şahri Bektemir tumani hokimligi Kun.uz saytida e'lon qilingan «Bektemir tuman hokimligining «burnidagi qaşqasi» qaçon bitadi?» sarlavhali maqolaga munosabat bildirdi. 

«Kun.uz saytida fuqaro Vositjon Dilşodovning murojaati böyiça «Bektemir tuman hokimligining «burnidagi qaşqasi» qaçon bitadi?» sarlavhali maqola e'lon qilingan edi. Maqolada bundan qariyb bir oy muqaddam tumandagi Oltintopgan va Husayn Boyqaro köçalarining Bektemir şoh köçasida kesişadigan qismidagi katta çorrahaning avtomobil yöl qismi ikki tomondan kavlanib, yer ostidan quvur ötkazilgani, yölning asfalti buzilib, kavlangan joylari, şunçaki, toş-qum bilan töldirib qöyilgani, buning natijasida, çuqur va toşloqlik hosil bölgani, şuningdek, bu çorrahada doimiy tirbandlik yuzaga kelayotgani haqida bayon etilgan.

Oçiği, tuman hokimligiga «Xusayn Boyqaro», «Oltintopgan» va «Bektemir» mahallalari fuqarolaridan Bektemir şoh köçasidagi tirbandlik yuzasidan bir neçta arizalar kelib tuşgan. Fuqarolar fikrini inobatga olgan holda, tegişli taşkilotlarga murojaat etilganiga qaramay, uşbu noqulayliklarni tezroq bartaraf etiş, aholiga munosib şart-şaroit yaratiş maqsadida tuman hokimligi haşar orqali yöl qurilişi bilan boğliq amaliy işlarni boşlab yubordi.

Boşlangan bu işlar joriy yilning 29 iyun kuni yakuniga yetkazilib, aholi, xususan haydovçilarga noqulayliklar tuğdirayotgan muammolar töliq bartaraf etildi», deyiladi Bektemir tuman hokimligi matbuot xizmati xabarida.