Toşkent şahrida ötkazilgan tezkor-profilaktik tadbirlar doirasida giyohvand moddalarni yaşirin joylarga qoldirib ketuvçi («zakladçik») şaxslar faoliyatiga çek qöyildi.

Poytaxt IIBB xabariga köra, Bektemir tumanining Iyk-ota mahallasi hududida xizmat olib borayotgan patrul-post xizmati xodimlari ikki nafar fuqaroning xatti-harakatlaridan şubhalanib, ularni tekşirişgan.

Xolislar iştirokida ötkazilgan şaxsiy körik davomida ularning yonidan giyohvand modda qadoqlangan sotuvga tayyor 43 dona paketça çiqdi.

Maxsus tadbirlar davomida tuman IIB tezkor xodimlari yana bir şaxsni qölga oldi. Uning yonida giyohvand modda qadoqlangan 15 dona paketça borligi aniqlanib, aşyoviy dalil sifatida musodara qilindi.

Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat işi qözğatildi. Gumonlanuvçilarga nisbatan qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllanildi.