Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 1 iyul kuni geologiya sohasini yanada rivojlantiriş, geologik qidiruv va qazib olişni kengaytiriş masalalariga bağişlangan yiğiliş ötkazdi.

Mamlakatimizda sanoatlaştiriş mumkin bölgan 73 turdagi foydali qazilma zaxirasiga ega 2 mingdan ziyod kon bor. Şundan 437tasi özlaştirilmagan. Yangi istiqbolli konlarni örganiş yetarli darajada emas. Qidiruv işlariga jalb qilinayotgan texnikalarning 70 foizi eskirgan.

Sohaga investitsiyalar jalb qilib, qayta işlaşni yölga qöyiş işlari ham sustligi qayd etildi. Bugungi kunda 111ta istiqbolli konning atigi 14tasida töğridan-töğri xorijiy investitsiyalar iştirokida 39 million dollarlik 6ta loyiha amalga oşirilmoqda, xolos.

Yiğilişda geologorazvedka va qazib oliş işlari uçun belgilangan soliq stavkalarini optimallaştiriş, budjet mablağlari samaradorligini oşiriş, tarmoqqa xususiy investitsiyalarni keng jalb qiliş böyiça vazifalar belgilandi.

Geologiya-qidiruv işlarini moliyalaştiriş tizimini isloh qiliş, xorijiy ekspertlarni jalb etib, eng ilğor tajribalarni amaliyotga joriy qiliş zarurligi ta'kidlandi. 2020-2021 yillarga möljallangan mutlaqo yangi formatdagi qidiruv işlari dasturini şakllantiriş, sohaning moddiy-texnik bazasini yangilaş böyiça topşiriqlar berildi.

Mineral xomaşyo bazasini xalqaro standartlar asosida baholaş, jumladan, konlar zaxiralarini JORC kodeksi talablari asosida hisoblaş va ma'lumotlar oçiqligini ta'minlaş muhimligi qayd etildi. 

Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, Davlat geologiya qömitasiga yangi investitsiya loyihalari portfelini şakllantiriş hamda ularni öz veb-saytlariga joylaştiriş, xorijda biznes tadbirlar va roud-şoular taşkillaştiriş orqali salohiyatli investorlarni jalb qiliş vazifasi qöyildi.

Volfram, grafit kabi talab yuqori xomaşyolar böyiça investitsiya jalb qilib, kamida 20ta loyihani amalga oşiriş yuzasidan topşiriq berildi.

Sohadagi bugungi holat va yiğilişda qöyilgan vazifalar yuzasidan mutasaddilar axborot berdi.