Termiz tumani «Guliston» mahallasi hududida joylaşgan, «Barakat» (oziq-ovqat) dehqon bozori» MÇJga qaraşli mol bozori uçun Surxondaryo daryosining öng sohilida 3 gektar joy ajratilgan. Kun.uz’ga murojaat qilgan fuqarolar uşbu bozor buzilişidan xavotirlarini bildirişdi.
Video: Youtube
Video: Mover (tas-ix)
Mazkur maydonning 1 gektarida mol bozori barpo etilgan, qolgan ikki gektari bodomzor boğ qilingan, mevali daraxtlar orasidagi maydon mahalliy fuqarolarga sabzavot va poliz ekinlari ekiş va dehqonçilik qiliş uçun ijaraga ajratib berilgan. Mazkur molbozorning 51 foizlik uluşi Termiz tuman hokimligiga tegişli, 49 foizi esa fuqaro U.Panjiyev ixtiyorida.




Surxon xalqi — göştxör xalq. Töylarni-ku qöya turing, xonadondagi oddiy tantana va ma'rakalarga ham jonliq söyişadi. Uç yil muqaddam mahalliy aholi tomonidan taşlandiq joy obod qilinib, haşar yöli bilan tiklangan mazkur bozor Termiz tumani va Termiz şahri aholisi uçun xizmat körsatib kelayotgan edi. Qolaversa, şu bozor atrofidagi «Guliston» mahallasida istiqomat qilib kelayotgan aholi bozorda savdo qilib, rözğor tebratib turişgan edi.

Haftada bir marta — yakşanba kuni böladigan bozorda mahalliy aholi ham bir haftaga yetgulik daromad qilib qolar, bu yumuş ularning haftalik daromadiga aylanib ulgurgan. Qöşimça yerlarda barpo etilgan, boğdagi daraxtlar hamda boşqa ekinlarni suğoriş uçun quduq qazişgan va suv çiqarişgan.

Aholining xavotiri şundaki, endilikda uşbu bozor buzilib, u hozirgi joyidan qariyb 16 km uzoqlikdagi, qum barxanlari örtasiga köçiriladi. Bundan mahalliy aholi va moljalloblar keskin norozi. Ular bozor öz örnida qoldirilişini istaşmoqda.


Mol bozorining şakllanişi va odamlarning örgatiş uçun köp yillar mehnat qilgan oqsoqollardan biri Abduxayr Jumanazarov şunday deydi:
«Mol bozori köp yillardan beri Termizda muammo bölib kelayotgan edi. Köçalarda savdo qilgan paytlarimiz böldi. Uç yil burun şu bozor qurilib, hammasi tinçib, iziga tuşib, hamma örgangan bir paytda bu yer ham buziladi, deyişyapti».
«Guliston» mahallasi fuqarosi Ahad Hamrayev şunday dedi:

«Bir yerni molbozor qilib, obod qilib oldik, orom topdik deganimizda yana şu ahvol. Qayerni obod qilsak öşa yerdan quvğin qilişyapti. Hammasiga nuqta, molbozor mana şu yerda qoladi, deb özlari va'da qilişgan edi kattalar. 2016 yilda şu joyni qaror bilan olgan edik. Endi nima uçun yana ketişimiz kerak? Yana xalqqa zarar, xalq sargardon böladi.
Daryo yoqasidan turarjoylar qurişar ekan. Suv qirq yilda bölsa ham öz özanini topadi, deyişadi. Bu joy şaharning bir çeti, turar joy emas, mol bozor uçun qulay edi. Bizning dardimizni söraydigan odamning özi yöq bu yerda. Kimga aytaylik?»

Bizga ma'lum qilişlariça, Termiz şahrining yangi boş rejasiga köra, bozor örnida kam ta'minlangan oilalar uçun arzon namunaviy uylar qurilişi közda tutilgan. Uşbu va şahardagi boşqa qurilişlarning loyiha takliflari tayyorlanib, öşa kuni boş vazir Abdulla Aripov va Prezident Administratsiyasi rahbari Zaynulobiddin Nizomiddinovga taqdim etilgan. Loyiha respublika rahbarlari tomonidan ma'qullangan-ma'qullanmaganidan hozirça bexabaramiz. Çunki mutasaddilar uşbu loyiha şunçaki bir taklifligi, u tasdiqlansagina bozor buzilişini bildirib ötişdi.



Biroq uy-joylar quriş uçun olinayotgan bozor örni Surxondaryo daryosining muhofaza zonasida joylaşgan. Ya'ni bozorning kiriş qismidan daryo özanigaça masofa 300 metrga ham yetmaydi. Binobarin, bu yerda bunday turarjoylar barpo etiş xavotirli va me'yoriy hujjatlarga ham mos kelmaydi. Bu haqda favqulodda holatlar boşqarmasining tegişli xati ham bor.


Boz ustiga, Termiz tuman hududida joylaşgan bozor örnida Termiz şahri mutasaddilari quriliş işlari olib borişmoqçi bölayotgani ham savollarni yuzaga çiqaradi. Mazkur hudud tumandan olinib, şahar tarkibiga kiritildimi? Qaçon, qaysi hujjat asosida?

Biz bu masalaga izoh oliş uçun bozor yaqinidagi hududda namunaviy uylar qurilişini olib borayotgan Termiz şahar hokimining quriliş masalalari böyiça örinbosari Şuhrat Rahmonqulovga yuzlanganimizda u mikrofonni körsatişimiz bilan intervyu bermasligini, hammasini şahar hokimi bilişini aytdi.

«Barakat» mol bozori esa ötgan uç yil içida qariyb 400 million savdo qilgan va bu pullardan soliq tölagan.

Biz mol bozor uçun qum barxanlari örtasidan ajratilayotgan joyni ham borib kördik. U yer birinçidan uzoq, heç qanday şaroit yöq. Bozor maydoni çöl qumiga kömilgan, atrofda saksovullar ösib yotibdi. Uzoqligidan, molfuruşlar bu yerga imkon topib kelganida ham xaridorlar kelişi qiyin. Çunki öta önğaysiz joyda joylaşgan. Bunaqada bozor böladimi?





Vaziyat juda çigal. Termiz şahar va tuman hokimliklarini ham tuşuniş mumkin. Ular kam ta'minlangan oilalarga arzon uy-joylar quriş borasida hukumat topşiriğini bajarişga kirişişgan. Lekin buning uçun ular faoliyat körsatayotgan savdo majmuasi örnini tanlaşgan. Şu bozorda kun köruvçi aholi bu işlardan qattiq norozi bölmoqda. Avvalo bozorsiz qolişlari, oqibatda rözğor uçun har yakşanba tört-beş söm işlaşdan mosuvo bölişlari ularni taşvişlantirayotgan bölsa, şuningdek, bu maydon mavjud talablarga köra uy quriş uçun yaroqsizligi, kelgusida Surxondaryo toşsa, uylarga ziyon yetkazişi mumkinligini peş qilişmoqda.
Biz termizlik mutasaddilardan mazkur muammoni qay tarzda hal etmoqçi bölayotganliklari borasida izoh kutib qolamiz.
Şuhrat ŞOKIRJONOV,
Kun.uz muxbiri.












