Termiz tumanida maktab öquvçilari maşina boşqarib, YTHga uçradi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB YHXB xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, YTH 2026-yil 9-oktabr kuni yarim tunda sodir bölgan. Termiz şahridagi maktablardan birining 10-sinf öquvçisi, 2010-yilda tuğilgan ösmir onasiga tegişli Cobalt maşinasini Termiz tumani hududida katta tezlikda boşqarib borayotib, yöl örtasidagi yoritiş çiroqlari ustuniga urilgan. Bu paytda maşinada uning sinfdoş dösti ham bölgan.

Oqibatda ikkinçi ösmir oğir jarohatlanib, voqea joyida halok bölgan. Maşinani boşqargani esa şifoxonaning jonlantiriş bölimiga yotqizilgan.

YHXB lavhasida ustunga urilgan Cobalt maşinasi parçalanib ketgani körinadi.

Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan.