“Iqtisodiyotda davlat iştirokini qisqartiriş va xususiylaştiriş jarayonlarini jadallaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident farmoni (PF-177-son, 27.08.2026) qabul qilindi.
2026-yilda iqtisodiyotda davlat iştirokini qisqartiriş hamda xususiylaştiriş dasturining asosiy maqsadli körsatkiçlari etib belgilandi:
- davlat va davlat iştirokidagi korxonalarga tegişli 84 ta jamiyat ustav kapitalidagi uluşlarni, 1 242 ta köçmas mulk obyektini va 8 ming gektar yer uçastkalarini savdoga çiqariş;
- 85 ta davlat iştirokidagi korxonalarni tugatiş va qayta taşkil etiş;
- umumiy qiymati 100 trillion sömga yaqin davlat va davlat iştirokidagi korxonalar aktivlarini hamda yer uçastkalarini savdoga çiqariş va kamida 14 trillion söm tuşumni taʼminlaş.
Farmon bilan, 2026-2027 yillarda ommaviy savdolarga çiqariladigan aktivlar, şu jumladan aksiya paketlari (uluşlar) röyxati tasdiqlandi.
Röyxatga Humo Air aviakompaniyasi (2022-yilda xususiylaştirilgan edi), Turonbank, “Özekspomarkaz”, Xalqaro hamkorlik markazi, “Xalq Suğurta”, Oqtoş pansionati, bir neçta avtomobil yöllaridan foydalaniş korxonalari, hududlardagi bozorlar va boşqalar kiritilgan.













