Böğimlardagi oğriq sababi sport maşğulotlari davomida yaqindagina olingan jarohat yoki artrit bilan boğliq muammolar bölişi mumkin. Agar uşbu yoqimsiz his sizga taniş bölsa, ğaşni keltiruvçi oğriq kundalik hayotning bir bölagiga aylanib borişidan ham xabardorsiz. Bu muammoni butunlay bartaraf etuvçi parhez mavjud emasligiga qaramasdan, ba'zi mahsulotlar iste'moli bemor ahvolini yengillaştirişi mumkinligi isbotlangan.

Izlanişlar natijalari bilan örgangan holda, qaysi mahsulotlarni ovqatlaniş ratsioniga qöşiş orqali yalliğlaniş xavfini kamaytiriş, suyaklarni mustahkamlaş va umuman olganda kundalik hayot tarzida özini yaxşiroq his qilişga erişiş borasidagi ma'lumotlar berib ötamiz.

1. Meva va rezavorlar

Köpçilikka ma'lumki, mevalar öz tarkibida inson organizmi va asosan immun tizimiga foydasi katta bölgan vitaminlarga boy hisoblanadi. Lekin bu hali hammasi emas.

Uzum. Uşbu rezavor nafaqat mazali, balki öz içiga proantosianidin ösimlik tarkibini olgani sababli böğimlardagi yalliğlaniş va oğriqni kamaytiriş xususiyatiga ega.

Tsitrus mevalar. Apelsin, greypfrutlar va boşqa sitrus mevalar iste'moli organizmning S vitaminiga bölgan ehtiyojini qondiradi, bu esa böğimlar yalliğlanişi va oğriqning oldini oladi.

Olça. Uşbu meva va aynan u asosida tayyorlangan nordon şarbat osteoartritdan aziyat çekuvçi insonlar hayotini yengillaştirdi. Tadqiqotlarda aniqlanişiça, atigi 3 hafta davom etgan olça soki iste'molidan söng bemor ayollardagi yalliğlaniş körsatkiçlarining sezilarli pasayişi kuzatilgan.

2. Sabzavotlar va dukkakli ösimliklar

Bolaligimizda bizni sabzavotlar tanovul qilişga majburlagan ota-onalarimiz aslida töğri qilişgan: tabiat in'om etgan uşbu mahsulotlarning inson organizmiga foydalari bebaho.

Ismaloq. Dengizçi Popay ismaloqni mazali ta'mi uçun sevgan edi. Lekin ösimlik antioksidantlarga ham boy. U kepmferol moddasini öz tarkibiga olgani, yalliğlaniş va oğriqni kamaytirişi, şuningdek, ostreoartritning rivojlanişini sekinlaştiriş xususiyatiga egaligi isbotlangan.

Brokkoli. Böğimlardagi oğriqni yengillaştiruvçi va revmatoid artrit alomatlarini kamaytiruvçi sulforafan moddasini öz içiga oladi. Balki uşbu ma'lumotdan söng brokkolini munosib baholovçilar köpayar.

Sarimsoq. Kasallikning oldini oliş borasida gap ketganda ajoyib natija körsata oladi. Izlanişlar orqali arterial qon bosimini tuşiriş va qon-tomir kasalliklarini kamaytiriş xususiyatlari örganilgan sarimsoqpiyoz şuningdek, yalliğlanişga qarşi kuçli vosita hisoblanadi. Ostreoartrit rivojlanişi xavfini va uning oğriqli alomatlari oldini oladi. 

Soya. Tarkibida yoğlar kam va oqsil, sellyuloza, omega-3 kislotasiga juda boy hisoblanadi. Qayd etilgan moddalar böğimlardagi yalliğlaniş oğriqlarini bosişga yordam beradi. Ammo bu dukkakli ösimlikdan tayyorlangan mahsulotlarga emas, balki aynan öziga xos bölgan xususiyat hisoblanadi. Soyadan tayyorlangan mahsulotlarga esa odatda köp miqdorda şakar yoki tuz qöşilgan böladi.

Qizil loviya. Bu ösimlik ham kletçatkaga boy hisoblanib, boşqa donli ösimliklar singari S-reaktiv oqsili miqdorini kamaytiradi. Bundan taşqari, u immun tizimini mustahkamlovçi oqsil, foliy kislotasi, temir moddasi, magniy va kaliyga töyingan.

3. Aralaşma va çoylar

Taomlarga qöşimça ta'm berişda foydalaniluvçi aralaşmalar köplab foydali xususiyatlarga ega. Şifo böluvçi natijaga maksimal darajada erişiş uçun ularni suvga qöşib qaynoq yoki yaxna içimlik tayyorlaş maqsadga muvofiq.

Za'faron va kurkuma. Ular xuddi yalliğlanişga qarşi vosita kabi ta'sir qiladi va artrit alomatlarini kamaytirişga öz hissasini qöşadi. Tadqiqotlar körsatişiça, za'faronning asosiy elementlaridan biri bölgan krotsin antioksidant va antiproliferativ xususiyatlarga ega, böğim oğriqlarida ijobiy samara körsatadi. 

Zanjabil. Tizza böğimlaridagi kuçli oğriqdan azob çekuvçi bemorlarning 63 foizlik qismi muntazam zanjabil iste'molidan söng sezilarli yengillik sezişganini ta'kidlaşgan.

Kök çoy. Özining antioksidant ta'siri va moddalar almaşinuvini tezlaştiriş xususiyati sababli keng tarqalgan. Bundan taşqari, tarkibida «polifenol» deb ataluvçi birikmalar mavjudligi tufayli yalliğlanişlarga qarşi kuraşadi, oğriqni yengillaştiradi. Boşqa tadqiqotlarda, şuningdek, kök çoy öz içiga olgan epigallokatexin-3-gaplat moddalari revmatoid artritdan aziyat çekuvçilardagi böğim şikastlanişlarini sekinlaştiradi.

4. Boşqa mahsulotlar

Böğimlar uçun foydali bölgan mahsulotlar röyxati odatiy meva va sabzavotlar bilan çeklanib qolmaydi.

Baliq va baliq moyi. Losos, tunets va forel kabi baliqning yoğli turlari tarkibida köp miqdorda omega-3 yoğini saqlaydi. Bu modda, olimlar ta'kidlaşiga köra, yalliğlanişga qarşi kuraşadi va böğim oğriqlarini tez bosadi. D vitaminiga töyinganlik artrit va şu kabi kasallik simptomlarini bartaraf etadi.

Don mahsulotlari. Oq buğdoy mahsulotlaridan voz keçiş kerak, ammo jigarrang makaronlar, suli yormasi, jigarrang tusdagi guruç qondagi S-reaktiv oqsili miqdorini kamaytira oladi. Oqsilning bu turi bir neça kasalliklar, şu jumladan artrit bilan bevosita boğliq hisoblanadi.

Yoğ miqdori kam bölgan sut mahsulotlari. Yogurt, sut va pişloq suyak va immunitetni mustahkamlovçi kalsiyga va D vitaminiga boy mahsulotlardir. Ular oziq-ovqat miqdorini me'yorlaştiruvçi ajoyib qöşimçalar hisoblanadi, osteoporoz va osteoartritdagi oğriqlarni yengillaştiradi.

Yonğoq, pista va bodom. Barça quruq mevalar oziqlantiradi, lekin aynan uşbu 3 xili tarkibida immunitetni kuçaytiruvçi köplab magniy, kalsiy, Ye vitamini, oqsil va alfa-linolen kislotasini uçratiş mumkin. Bundan taşqari, yonğoq omega-3 yoğlariga boy, ular revmatoid artrit oğriqlarida yordam bera oladi.

Xulosa qiliş mumkinki, zamonaviy tibbiyot sohasi rivojlanişi qança ortmasin, hali hanuz tabiat ham bizdan öz yordamini ayamay kelmoqda.