«Şu örinda aytib ötişim kerakki, köpçilik bir marta emlanganidan söng kiçik nojöya ta'sir alomatlari namoyon bölsa, deylik, ozgina harorati kötarilsa, holsizlansa yoki emlangan joyida oğriq paydo bölsa, keyingi emlaşni olmayman, degan fikrlarga ham boryapti. Özi emlaş nima uçun ikki-uç marta amalga oşiriladi? Bundan maqsad – organizmdagi immunitet darajasini yuqoriroq darajaga çiqariş, qolaversa, immunitet tarangligini turğun holatga keltiriş.

Demak, har bitta vaksinani işlab çiqaruvçi taşkilotning taklifiga binoan, emlaş amaliyoti ikki yoki uç bosqiçda ötkazilmoqda. Özbekistonda qöllanayotgan «Sputnik V» vaksinasi bilan 21 kun oralatib ikki marta, AstraZeneca vaksinasi bilan 28 kun oralatib ikki marta, Özbekiston-Xitoy hamkorlikda işlab çiqarayotgan ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasi bilan 30 kun oralatib, uç marta emlaş tatbiq etilgan.

Köpçilikda savol tuğilmoqda: Nima uçun özbek-xitoy vaksinasi bilan uç marta emlanyapmiz? Bu vaksinaning klinik sinov jarayonlarida Özbekiston Respublikasi olimlari ham, köngilli ravişda fuqarolarimiz ham iştirok etişgan. Öşa paytda izlanişlar şuni körsatdiki, ikkinçi marta emlangandan keyin hosil bölgan immunitet darajasi uç marta emlangan paytda yana olti foizga yaxşilandi. Demak, aholining immuniteti yana olti foizga yaxşilanganini e'tiborga olib, uşbu kasallikka qarşi uç marta emlaş joriy qilindi», degan Nurmat Otabekov «Özbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida.

Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari örinbosari emlangan fuqarolarda qança vaqtdan söng koronavirusga qarşi turğun immun tizimi şakllanişiga ham töxtalib ötdi.

«Hozir uşbu vaksina bilan Xitoy davlatida ham emlaş tadbirlari amalga oşirilyapti. Xitoy xalq respublikasida mazkur vaksina bilan favqulodda holatlarda emlaşga ruxsat berilgan. Hozirning özida Xitoyning 100 milliondan köproq aholisi ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasi bilan emlangan.

Biz ikki yo uç doza olib bölganimizdan sönggina töliq emlangan hisoblanamiz. Töliq emlanganimizdan keyin bir yarim ikki, ba'zan tört oydan söng haqiqiy turğun immunitet şakllanadi. Endi u immunitetni örganib boriş barobarida uning neçoğlik turğun ekaniga baho berişimiz mumkin böladi», deydi Nurmat Otabekov.

17 iyul kuni Özbekistonda koronavirusga qarşi töliq emlangan fuqarolar soni 1 milliondan