Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati vazirlik huzuridagi Koronavirusga qarşi kuraşiş ştabi a'zosi Nurmat Otabekov bilan boğlanib, koronavirus infeksiyasiga qaytadan çaliniş holatlari haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan izoh oldi.
«Uşbu savolga javob berişdan avval dunyo hamjamiyatida bölayotgan voqea va hodisalarga e'tibor qaratsak maqsadga muvofiq bölardi.
Ba'zi davlatlarda uşbu kasallik bilan qaytadan kasallaniş ehtimoli borligi, hatto ikkinçi marta kasallangan bemorlar qayd etilgani haqida ma'lumotlar uçrab turibdi. Lekin bugungi kunda aniq aytişimiz mumkinki, kasallikning öninçi kunidan boşlab bemorda Covid-19’ga qarşi mukammal immun tizimi şakllana boşlaydi. Öz tasdiğini topgan yana bir jihat şuki, kasallikni oğirroq boşdan keçirgan insonda şakllangan immun tizimi ança mustahkamroq böladi.
Qolaversa, dunyoda yoppasiga hammada Covid-19 qaytadan qayd etilişi töğrisida birorta ham asoslangan ilmiy ma'lumot yöq.
Covid-19 yangi kasallik bölib, uni töliq örganiş böyiça izlanişlar hali oxiriga yetgani yöq. Ammo kasallikni boşdan ötkazgan odamda uni uşbu kasallikdan keyinçalik ham himoya qilişga qodir immunitet şakllanişi töğrisidagi asosli ma'lumotlar kişini quvontiradi.
Agar şu kasallikning mutatsiyaga uçragan virusi bilan yoki aynan Covid-19 bilan uzoq muddatdan keyin yana röbaru keladigan bölsak ham, immun tizimi xotirasida uşbu kasallikka qarşi antitanaçalar işlab çiqarilgani haqida axborot mavjud böladi.
Uşbu antitanaçalar kasallik bilan kuraşa oladi. Demak, hatto ikkinçi marta Covid-19 qayd etilsa ham, u juda yengil keçişi mumkin. Ya'ni immun tizimi xotirasida antitanaçalar işlab çiqarilgani haqida axborot borligi – kasallikdan tezda soğayib ketiş ehtimolini yuzaga keltiradi.
Odam xotirasidan köp narsa çiqib ketişi mumkin, lekin immun tizimi xotirasidan heç qaçon heç narsa çiqib ketmaydi. Hatto kasallikdan keyin hosil bölgan antitanaçalar titri kam bölsa ham, ular kasallik bilan kuraşa oladi», degan Nurmat Otabekov.
Mutaxassis koronavirus bemor organizmida uzoq vaqt saqlanib qolişi ham mumkinligini aytib ötgan.
«Aholi orasidagi suhbatlar davomida ikki marta Covid-19 bilan kasallanganini aytayotganlarni ham uçratib turibmiz. Agar şu kabi holatlar laboratoriyada Covid-19 virusi borligi tasdiqlangan taqdirda ham, biz bunga bitta kasallik bilan ikkinçi marta kasallandi, degan fikr bilan qaraşimiz kerak emas. Buni şu bilan izohlaş mumkinki, kasallik yuqtirib olgan organizm undan töliq tuzalib ulgurmagan yoki laboratoriya tekşiruvlarida test sistemalar bilan boğliq muammolar bölgan bölişi mumkin.













