Navbatdagi Kopa Amerika ham öz nihoyasiga yetdi. Messining janjali, Çelavertning tanqidlari, Dani Alveşning «oqquş qöşiği» va bir qator qiziqarli voqealar bilan yodda qolgan turnirni kamida bir oy eslab yursak kerak. Rossiyalik maşhur şarhlovçi Stanislav Minin soccer365.ru saytida uşbu turnir haqidagi eng muhim savollarga öz javob variantlarini taqdim etdi.
Hammasi sotib olinganmidi?
Aslida hammasini murakkablaştiriş şart emas. Doimo hakamlar mezbonlarga «yordam berişgan», bundan taşqari, Lotin Amerikasi hakamlari VAR tizimidan foydalanişni bilişmaydi. Braziliya – Argentina öyini izohi ham mana şunda, qandaydir korrupsiyaning hidi yöqligini Messiga tuşuntirib qöyiş kerak. Agar hammasi oldindan uyuştirilgan spektakl bölganida, Gabriyel Jyezusning finalda çetlatilişi, öşa öyinda Alisson darvozasiga belgilangan penalti yoki Venesuelaga qarşi öyindagi bekor qilingan gollar bölmasdi.
Messini nega çetlatişdi?
Albatta, korporativ qasos haqida ham öylab köriş mumkin, ammo şu bilan birgalikda, amerikalik hakamlarning maydonda şunçaki, qorovul bölişni yoqtirmasliklari ham haqiqat. Ular kamida Yago rolini ijro etadilar. Bir paytlar Zidanni maydondan çiqarib yuborgan hakam ham argentinalik edi, masalan.
Bir muddat paragvaylik Mario Dias de Vivar özini qandaydir öyin egasi bölmayotgandek his eta boşladi. Aslida u öyin egasi emas, heç kim unday hisoblamaydi ham. Bu vaziyatda nima qiliş kerak? Özini körsatib qöyiş! Röparadan Messi çiqib qoldimi? Ajab böpti.
Braziliya haqli çempionmi?
Albatta, Braziliya turnir boşidan favorit sifatida e'tirof etilgandi. Neymarning yöqligi Venesuela va Paragvay bilan öyinlarda bilindi. Ammo umuman olganda, Neymarning jarohati Titega yordam berdi ham. Jamoa murabbiy gaplariga quloq soladigan, tartibli bölib qoldi.
Töğri, Argentina bilan öyinda raqib penalti tepişi ham mumkin edi. Lekin baribir Braziliya yaxşiroq öynadi.
Raqibning gollariga qanday javob beriş mumkinligini finalda ham kördik. Turnirda boşqa heç qaysi terma jamoa bu qadar kuçli va muvozanatli tarkibga ega emasdi.
Boşqa da'vogarlar bormidi?
Nega endi? Variantlar bor edi. Masalan, çorak finallarda qöşimça vaqtlar bölganida Urugvay Peruga gol urib, yakunda finalçi bölişi mumkin edi. Urugvay esa, braziliyaliklar uçun eng xavfli raqib sanalardi va bu öyinning bölmagani ham mezbonlarga qöl keldi.
Albatta, bu holat Braziliya çempionligiga soya solmaydi, axir har qanday turnir ham mana şunday burilişlardan iborat. Lekin aytiş mumkinki, musobaqada kuç böyiça ham, tarkib va murabbiy böyiça ham Braziliyadan kam bölmagan yana bir terma jamoa bor edi.
Dani Alveş rostdan ham eng yaxşi futbolçimi?
Ha, çunki u maydonda hamma işni bajardi. Neymar yöqligida jamoa yetakçisi böldi. Raqib himoyalanayotganda aqlli öyin bilan yorib ötiş lozim bölganda, bu işni ham Alveş amalga oşirdi. Hujumda ham, himoyada ham öynadi. Boşqalarga nisbatan tezroq va aniqroq öynadi, töpni oldinga uzatişda tengsiz böldi.
Haqiqiy töp ustasi, özining katta futbolçi ekanini nafaqat dunyoga eslatdi, balki özi uçun ham isbotladi.
Braziliya – JÇ favoriti?
Agar ba'zi xabarlar amalga oşmay qolib, Tite yana boşqaruvda qolsa, albatta. Bu uçun barça argumentlar ham keltirildi.
Faqat bir muammo bor. Braziliya futbolida hozir markaziy öyinçilar juda köp. Çap qanotda ham ijroçilar yetarli. Ammo masalan, öng qanot himoyasida Dani Alveşning örnini bosadigan futbolçi yöq. Şuningdek, öng qanot vingeri pozitsiyasi ham oqsamoqda. Mana şu ikki oğriqli pozitsiyani yopiş Titening asosiy vazifasi bölib qoladi.
Bu Messining terma jamoadagi sönggi imkoniyatimi?
Yöq, bir yil ötib, yana Kopa Amerika böladi, Argentina esa, bu turnir mezbonlaridan biridir. Demak, bugungi kun uçun Braziliya naqadar haqli bölsa, kelasi yili Argentinada ham şu qadar imkoniyat bor. Hatto hakamlarning «yordami» ham.
Şu bilan birga, hali ham Argentinaga haqiqiy murabbiy kerak. Bormi, bor qabilidagi emas, haqiqiy murabbiy. Balki rostdan ham Argentinada Messiga mos şerik yöqdir, ammo bu holat öşa «Barselona»da ham tez-tez bölib turadi. Ha, Argentina tarkibi ajoyib emasdir, ammo Braziliya va Urugvaydan taşqari, qaysi jamoa kuçliroq tarkibga ega?
Çili davri ötdimi?
Ha. Vaqt ötadi. Hatto qisqa turnirda ham, bu sezildi. Reynaldo Ruedo yetakçi futbolçilarga örinbosar topişga qiynaladi. Zaxiradan tarkibga qöşilganlar işonçli töp sura olmadilar. Bosejur, Isla, Vidal, Sançes, Arangis, Vargas va Medel kabi yetakçilarning örnini töldiriş ilojsiz.
Jahon çempionatiga çiqiş uçun Janubiy Amerikada qançalik jiddiy kuraş keçişini hisobga olsak, bu yerda ham Çilida muammolar paydo bölişi aniq.












