Anqara şahrida Xalqaro avtomobil taşuvlari masalalari böyiça özbek-turk qöşma komissiyaning yiğilişi bölib ötdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Transport vazirligi xabar berdi.

Qayd etilişiça, Turkiyaning Transport va infratuzilma vazirligida bölib ötgan uçraşuvda Özbekiston Respublikasi Transport vazirligi vakillari iştirokida davlatlar örtasida xalqaro yuk taşiş hajmini oşiriş muhokama etilgan.

Bundan taşqari, bu yönalişda özaro ruxsatnomalar beriş tartibini takomillaştiriş, yuk taşuvlari bilan boğliq statistik ma'lumotlarni özaro almaşiş tizimini yölga qöyiş böyiça fikr almaşildi.

Transport vazirligi xabariga köra, davlatlar örtasida muntazam avtobus yönalişlarini oçiş masalasi ham muhokama etilgan.