9 iyul kuni Samarqand şahrida start olgan Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi Birinçi turistik yarmarkasi doirasida MDH mamlakatlari turistik taşkilotlari örtasida turizm sohasida hamkorlik qilişga doir 54dan ortiq kelişuv imzolandi. Bu haqda Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Jumladan, Özbekiston Xususiy sayyohlik taşkilotlari uyuşmasi Armaniston turizm federatsiyasi va Belarus Respublikasi turizm ittifoqi bilan kelişuv imzoladi. Şuningdek, Özbekiston Otelerlar assotsiatsiyasi va Qirğiziston Kurortlar assotsiatsiyasi hamda köplab turistik taşkilotlar örtasida bitimlar imzolanişiga erişildi.

Bundan taşqari, tadbir doirasida «MDH mamlakatlarida turizm va mintaqaviy hamkorlik: yangi çaqiriq va imkoniyatlar» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy seminar bölib ötdi. Unda MDH mamlakatlarining turizm yönalişidagi yetakçi universitetlari rektor va prorektorlari iştirok etişdi.

Seminar kun tartibidagi asosiy masalalardan biri Samarqanddagi «Ipak yöli» Xalqaro turizm universitetining tarmoqli ta'lim tizimini joriy qilişga oid loyiha böldi.

Tadbir yakuniga köra, «Ipak yöli» Xalqaro turizm universiteti hamda MDH mamlakatlari oliy ta'lim muassasalari örtasida hamkorlik kelişuvlari imzolandi.












