Joriy yilning 10 iyul kuni investitsiyalar va taşqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki prezidenti Suma Çakrabarti bilan bankning Londondagi ştab-kvartirasida muzokaralar ötkazdi.

Suhbat çoğida hamkorlikning ustuvor yönalişlari: moliyalaştirilgan loyihalarni amalga oşiriş va jalb etilgan mablağlarni özlaştiriş, yangi istiqbolli taşabbuslar hamda ularni amalga oşiriş uçun imkoniyatlar muhokama qilindi. YeTTBning Özbekiston bank-moliya tizimini isloh qilişdagi iştirokiga alohida e'tibor qaratildi.

Şuningdek, Özbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Çet ellik investorlar kengaşini YeTTB qöllab-quvvatlovi hamda texnik kömagi yordamida taşkil etiş va ötkaziş doirasida hamkorlik variantlari körib çiqildi.
Bundan taşqari, 2023 yil Samarqandda YeTTB Boşqaruvçilar kengaşi yillik yiğilişini ötkaziş böyiça Özbekistonning arizasi ham muhokama qilindi.
Muzokaralar yakuni böyiça tomonlar kun tartibidagi muhim masalalar böyiça umumiy pozitsiyani şakllantirişdi, hamkorlikning keyingi bosqiçlari böyiça kelişuvlarga erişişdi.











