Tivatdan Moskvaga uçayotgan samolyot uçuvçisi huşini yöqotganda uni 19 yoşli yölovçi qiz qutqarib qoldi. Bu haqda hodisa guvohi Tatyana Smirnova gapirib berdi.
Uning sözlariga köra, samolyotdagi dori qutida validol kabi oddiy dorilar bölmagan, biroq qiz uçuvçiga birinçi yordam körsata olgan. Şuningdek, Smirnova samolyot favqulodda qönayotgan vaqtda hamma asabiy holatga tuşganini ta'kidladi.
10 iyul kuni ertalab Montenegro Airlines aviakompaniyasining Fokker 100 yölovçi samolyoti ekipaj komandiri huşini yöqotgani sababli Kalugaga favqulodda qöngan. Ikkinçi uçuvçi boşqaruvni öz qöliga olib, yerdagi xizmat bilan boğlangan va samolyotni Grabsevo aeroportiga qöndirgan.
TASS axborot agentligining xabar berişiça, uçuvçi birlamçi körikdan ötkazilganda yurak xurujiga uçragani gumon qilingan. Uçuvçi Kalugadagi şifoxonaga yetkazilgan.












