Toşkentda 2026 yil boşidan buyon avtobuslarda çiptasiz yurgan 79 618 nafar yölovçiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

“Har bir huquqbuzar yölovçiga nisbatan BHM 1/10 qismi (41 200 söm) miqdorida jarima solingan. 2026 yilning ötgan davri mobaynida huquqbuzarlik sodir etgan yölovçilardan undirilgan jarimalar miqdori deyarli 2 mlrd sömni taşkil etdi”, deyiladi vazirlik xabarida.

Qayd etilişiça, avtobuslarda tölov intizomini oşiriş maqsadida yöl haqi tuşumi kamayib borayotgan yönalişlarda  muntazam nazorat reydlari ötkazilyapti.