Samarqand şahrining YuNeSKO röyxatidagi tarixiy qismi bufer zonasida — Otaturk köçasi 13-uyda joylaşgan 3-sonli şahar militsiya bölinmasi binosi buzib taşlanib, örnida navbatdagi noqonuniy quriliş boşlab yuborilgan. Bu haqda samarqandlik mustaqil bloger Mirzo Subhonov Kun.uz’ga ma'lum qilmoqda.

«Respublika darajasidagi amaldorlar, şuningdek viloyat hokimi Erkinjon Turdimov tomonidan Samarqand şahrining tarixiy qismidagi barça qurilişlar töxtatilgani borasida berilayotgan rasmiy bayonotlarga qaramasdan, mazkur hududdagi noqonuniy qurilişlar töxtamayotganini alohida aytib ötiş zarur», deb yozadi bloger.

Samarqand viloyat IIB qoşidagi moliya va moddiy texnika boşqarmasi boşliği podpolkovnik A.Qudratovning sözlariga köra, joriy yilning 15 fevralida viloyat IIBning öşa paytdagi boşliği, hozirda içki işlar vaziri birinçi örinbosari lavozimiga ötgan Aziz Toşpölatov Samarqand viloyat hokimligiga murojaat bilan çiqqan. Bu murojaatda Samarqand şahar IIBga qaraşli 3-sonli içki işlar bölinmasining yonida köp qavatli yaşaş xonadoni qurilayotgani tufayli ma'muriy bino xizmat olib boriş uçun yaroqsiz holatga kelib qolgani bildirilgan. Şuning uçun uşbu binoni Samarqand şahar Tipografiya köçasi 8-uyda joylaşgan, muqaddam Samarqand şahar MIB tasarrufida bölgan bino bilan almaştirişga rozilik söralgan va taklif viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan.

Ammo, Davlat aktivlarini boşqariş agentligining Samarqand viloyat hududiy boşqarmasi boşliği S.Maxmaraimovning bergan rasmiy ma'lumotiga köra, bugungi kunda Otaturk köçasi 13-uyda joylaşgan «3-sonli şahar militsiya bölinma»si mamuriy binosi kadastr hujjatlariga asosan Samarqand viloyat IIBga tegişli va Samaqand viloyat hokimligi balansiga ötkazilmagan. Hozirgi kunda uşbu militsiya bölinmasi binosi noqonuniy buzilib, yöq qilingani sababli uni viloyat hokimligi balansiga olişga imkon yöqligi ham aytib ötildi. 

Samarqand şahrining tarixiy qismida joylaşgan, viloyat IIB tasarrufidagi davlat mulkining buzib, yöq qilingani va uning joyida navbatdagi noqonuniy quriliş boşlab yuborilgani holati Içki işlar vazirligi va Boş prokuratura tomonidan örganilib, rasmiy munosabat bildirilişi maqsadga muvofiq bölar edi.