Namangan viloyatining Nanay qişloğida zamonaviy turistik majmua barpo etiş böyiça amaliy işlar boşlab yuborildi, deb xabar berdi Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmati.
Xabarda aytilişiça, viloyat hokimligida mazkur sayyohlik zonasi loyihasini tayyorlaşga jalb etilgan Turkiyaning “Idealist” me'morçilik va muhandislik kompaniyasi tomonidan taqdimot ötkazildi.


Ijrosi uzoq muddatga möljallangan loyihadan sayyohlik infratuzilmasining köplab obektlari örin olgan. Ulardan biri Nanay kiçik turizm markazi 27,9 gektar maydonda barpo etiladi. Markaz tarkibiga 251 örinli tört yulduzli va 549 örinli beş yulduzli mehmonxona, 4000 örinli qişki va yozgi tomoşalar zali, körgazmalar markazi, hunarmandlik ustaxonalari, şuningdek, qator köngiloçar inşootlar kiritilgan.
Nanay turizm markazi esa 14,5 gektar hududda joylaşib, unda ikkita beş yulduzli mehmonxona, 549 kişiga möljallangan ustki nafas yöllari va diabet kasalliklarini davolaş sihatgohi, 78 ta villa-mehmonxona, zamonaviy savdo markazi, restoran va kafelar, toğ dor yöli singari inşootlarni barpo etiş közda tutilgan.


Taqdimot çoğida hudud tabiiy şaroitlaridan foydalangan holda ekologik turizmni yuqori darajada rivojlantirişga yönaltirilgan sayyohlik majmuasi loyihasiga bir qator qöşimçalar kiritiş taklifi bildirildi. Keyingi bosqiçda loyihadan örin olgan bino va inşootlar qurilişi investorlarga taqdim etiladi.











