Turkiya Rossiya tomonidan yetkaziluvçi S-400 zenit-raketa majmualarini joylaştirişni 2020 yil apreligaça yakunlamoqçi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan aytdi.  

Avvalroq Erdöğan Anqara Rossiya bilan havo hujumiga qarşi mudofaa tizimlarini işlab çiqarişni öz oldiga maqsad qilganini ma'lum qilgandi. 

“Turkiya havo hujumiga qarşi mudofaa sohasida yetakçi davlatlardan biriga aylanmoqda. Maqsadimiz – Rossiya bilan havo hujumiga qarşi mudofaa tizimlarini birgalikda işlab çiqarişdir”, deb aytgan Turkiya yetakçisi. Biroq Erdöğan qanday tizimlarni nazarda tutgani ma'lum qilinmagan. 

Turkiya 12 iyuldan S-400 qismlarini ola boşladi. Majmua strategik va taktik aviatsiya samolyotlari, ballistik raketalar, gipertovuşli nişonlar va havo hujumining boşqa vositalarini yöq qilişga möljallangan.