Joriy yilning 16 iyul kuni Özbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining yangi Siyosiy dasturi va Saylovoldi dasturi loyihalari muhokamasiga bağişlan videoselektor yiğilişi bölib ötdi. 

Anjumanni partiya Siyosiy Kengaşi raisi Narimon Umarov oçib, barçani muhokamada amaliy takliflar bilan faol iştirok etişga çorladi. 

Yiğilişda ta'kidlanganidek, partiyaning 2009 hamda 2014 yildagi saylovoldi dasturlarida kötarilgan bir qator muhim taşabbus va ğoyalarning aksariyati ötgan vaqt mobaynida Özbekiston Respublikasi prezidentining qaror va farmoni, qonunlar va boşqa normativ-huquqiy hujjatlar asosida ijroga yönaltirildi. Mamlakatni innovatsion iqtisodiyotga asoslangan holda rivojlantiriş, boşqaruvda oçiqlik, oşkoralik, hisobdorlikni ta'minlaş maqsadida “elektron hukumat”ni yölga qöyiş, muqobil energiya manbalarini rivojlantiriş asosida raqobatli energetika bozorini taşkil etiş, tibbiyot sohasida talab yuqori bölgan xizmatlarni (transplantatsiya, EKO) keng yölga qöyiş kabi masalalar şular jumlasidandir. 
 
Videoselektor yiğilişida faollar va hududiy studiyadagi iştirokçilar quyi böğinda şakllangan takliflarni umumlaştirilgan holda bildirib ötişdi. 

Jumladan, dasturiy maqsadlarda qayd etilganidek, jamiyatda va har bir inson uçun adolatni ta'minlaşda sud-huquq sohasi muhim ahamiyatga ega ekanidan kelib çiqib, iştirokçilar sud tizimini yanada takomillaştirişga doir takliflarni ilgari surişdi. Ya'ni tumanlararo sudlarni tugatiş, fuqarolik, jinoiy, iqtisodiy va ma'muriy işlar böyiça yagona odil sudlov organiga birlaştirib, Oliy sud bilan bir xil tizimdagi umumyurisdiksiya sudlarini yaratiş lozimligi e'tirof etildi. 

Anjuman iştirokçilarining fikriça, mamlakatda barça tergov idoralarini birlaştirib, yagona tergov organini taşkil etiş maqsadga muvofiqdir. Şu bilan birga, sud tizimida inson omilini iloji boriça kamaytiriş zarurligi, sudning oçiq va şaffofligini ta'minlamasdan turib sudlarni adolat qörğoni sifatida şakllantirib bölmasligiga e'tibor qaratildi. 

Tadbirda fikr bildirganlar tomonidan, ta'lim va ilm-fanni rivojlantiriş partiyaning ustuvor yönalişlaridan biri ekanligini nazarda tutib, oliy ta'lim va ilm-fan integratsiyasini yanada kuçaytiriş, uşbu sohalarda özaro hamkorlikni yaxşilaş, ilm-fan yutuqlarini sanoat va işlab çiqarişga joriy etiş orqali iqtisodiyotni rivojlantiriş haqida alohida söz bordi. 

Partiya hududiy taşkilotlari faollari tibbiy-ijtimoiy yordam körsatiş jarayonida davlat-xususiy şeriklik munosabatlarini kengaytiriş zarurligini qayd etişdi. Bunda asosiy e'tiborni barça muassasalarda “aqlli tibbiyot”, “elektron tibbiyot” tizimi asosida işlaşga ötkaziş taklif etildi. Şundan kelib çiqib, partiya davlat tomonidan körsatiladigan tibbiy xizmatlar doirasi belgilanişida, pullik va bepul davolaniş örtasida aniq çegara örnatilişi uçun harakat qilişi aytib ötildi. Çunki, bu tizim şaffoflaşuvi va unda korrupsagen holatlar kamayişiga turtki böladi. 

Aholi salomatligini asrab-avaylaş, yurtdoşlarimizning umr davomiyligini oşirişda soğlom turmuş tarzi tarğiboti, profilaktika va tibbiy madaniyatni yuksaltiriş muhim ahamiyatga ega. Töğri ovqatlaniş böyiça, ayniqsa, homilador ayollar va bolalarning ovqatlaniş ratsioniga oid amaldagi me'yorlarni xalqaro standartlar asosida qayta körib çiqiş masalasida ham partiya öz pozitsiyasini bildirib, deputatlar bu borada nazorat-taftiş işlarini olib borişi kerakligi e'tirof etildi.  

Videoselektor yiğilişida jahon sotsial-demokratiya mafkurasining iqtisodiyot yönalişida belgilangan soliq tölovlari oldindan tölanişidan manfaatdor böliş (rağbatlantiriş) hamda sodda va barqaror soliq tizimini qöllaş orqali “yaşirin” iqtisodiyotga barham berişga doir maqsadlar xususida töxtalib ötildi. Bu esa öz navbatida, barqaror iqtisodiyotga erişişga xizmat qilib, ijtimoiy soha rivojini ta'minlaşdagi tösiqlarni bartaraf etişga olib keladi. Şuningdek, ekspertlar tomonidan partiya sotsial davlat tarafdori ekanligi e'tirof etilgan holda, davlatning aholi daromadlari böyiça keskin tabaqalanişining oldini olişi va şu orqali ijtimoiy munosabatlarda barqarorlik va uyğunlikni ta'minlaşga mas'ulligi qayd qilindi.

Onlayn-muloqot davomida örtaga taşlangan ayrim fikrlar bahs-munozaralarga ham sabab böldi. Xususan, örta ta'lim muassasalari bitiruvçilarini oliy öquv yurtlariga iloji boriça köproq qamrab oliş haqidagi taklifni köpçilik ma'qullagan bölsa-da, bir qator faollar hammani oliy ma'lumotli qilişdan köra bugungi kun talablariga javob beradigan kadrlar tayyorlaş, ular örtasida soğlom raqobatni rivojlantiriş asosiy maqsad qilib belgilanişi lozimligini ta'kidlaşdi. Şuningdek, oliy ta'lim muassasalari uçun ehtiyojni qamrab oladigan darajada qabul kvotasini oşiriş bilan birga, ularda öquv jarayonini zamonaviy ta'lim tizimi asosida taşkil etiş hamda özaro soğlom raqobatni şakllantirib boriş taklifi örtaga taşlandi. 

Iştirokçilarning fikriça, ommaviy axborot vositalari jamoatçilik fikrini şakllantirişga xizmat qilişiga e'tibor qaratib, OAV faoliyatini rivojlantiriş, ijtimoiy-siyosiy naşrlarni qöllab-quvvatlaş, televideniye sohasida xususiy va davlat telekanallari örtasida bozor munosabatlariga asoslangan raqobat muhitini yaratiş, xorijiy davlatlar tajribasidan foydalangan holda soha kadrlari malakasini oşirib boriş, xalqimiz uçun sifatli media-kontentni yaratiş ham siyosiy kuçning muhim vazifasi hisoblanadi.  

Eslatib ötamiz, Özbekistonda bir qança huquqni muhofaza qiliş idoralari tergov bilan şuğullanadi.

Xususan, tergovga qadar tekşiruvning özi quyidagilar tomonidan ötkaziladi:

- içki işlar organlari;
- Milliy gvardiya organlari;
- Davlat xavfsizlik xizmati organlari;
- yonğin xavfsizligi organlari;
- çegarani qöriqlaş organlari;
- davlat bojxona xizmati organlari;
- Boş prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlar bilan kuraş departamenti va uning joylardagi bölinmalari;
- Majburiy ijro byurosi va boşqalar.