Turkiya şarqidagi Van viloyatida yuz bergan yöl-transport hodisasi oqibatida 43 qoçqin jabr kördi. Turk OAV xabar berişiça, dastlabki ma'lumotlarga köra, 15 kişi halok bölgan, 28 kişi yaralangan.  

Ma'lum qilinişiça, voqea 18 iyul kunduzi Özalp tumanida  yuz bergan. Haydovçi egri-bugri yölda noqonuniy muhojirlar taşilgan mikroavtobusni boşqarolmay qolgan. Oqibatda transport vositasi trassadan çiqib ketib, ağdarilib ketgan.

Voqea joyiga köp sonlik öt öçiruvçilar, jandarmeriya va 20 ta tez yordam maşinasi yetib kelgan. Barça jarohatlanganlar yaqin oradagi davlat şifoxonalariga yetkazilgan.

Haydovçi uşlanib, politsiya bölimiga şaxsini örnatiş va körsatmalar beriş uçun yetkazilgan. Jandarmeriya tergov boşlab yuborgan.

Van viloyati Eron çegarasida joylaşgan. Bu yerdan Turkiyaga afğonistonlik migrantlar oqimi keladi.