Dunyoning yirik aviakompaniyalari Lufthansa va British Airways 20 iyulda Misr poytaxti Qohiraga parvozlarni töxtatişini e'lon qildi. Kompaniyalar buni yölovçilar xavfsizligi haqida qayğurişi bilan tuşuntirgan.

Lufthansa Myunxen va Frankfurt-Mayndan Qohiraga parvozlarni bir kunga, ya'ni 20 iyulga töxtatgan. 

“Lufthansa uçun xavfsizlik eng ustuvor jihat bölgani uçun aviakompaniya vaziyat tekşirilayotgan vaqtga Qohiraga parvozlarni töxtatişga qaror qildi”, deyilgan nemis aviakompaniyasida.

Aviakompaniyada tafsilotlar ma'lum qilinmagan va parvozlar töxtatilişining asl sababi hozirça noma'lumligiça qolmoqda. 

Öz navbatida British Airways Qohiraga parvozlarni bir haftaga töxtatdi. Britaniya aviataşuvçisi ham öz qarorini “yölovçilar va ekipaj a'zolari xavfsizligi eng ustuvor vazifa” ekani bilan asoslagan.

Britaniya taşqi işlar vazirligi sayyohlarni Misrga parvozlar vaqtida xavf yuqoriligidan ogohlantirgan.