Kompaniyaning 4-avgust kuni e’lon qilingan moliyaviy hisobotiga köra, ikkinçi çorakda Lufthansaʼning sof foydasi 123 million yevroga tuşgan. Operatsion foyda esa 56 foizga qisqarib, 383 million yevroni taşkil etgan.

Şu bilan birga, kompaniya daromadi 8 foizga ösib, 11,1 milliard yevroga yetgan. Biroq tuşumning oşişi xarajatlarning keskin köpayişini qoplaş uçun yetarli bölmagan.

Kompaniya hisob-kitoblariga köra, yonilği xarajatlari kutilganidan 750 million yevroga köproqni taşkil etgan. Uçuvçilarning iş taşlaşlari esa aviataşuvçiga yana 150 million yevro zarar keltirgan.

Lufthansa rahbariyati mazkur holat AQŞ va Eron örtasidagi mojaro ortidan aviatsiya yonilğisi narxining oşib ketgani bilan ham boğliq ekanini ta’kidladi. Şu sababli kompaniya 2026-yil yakunida ham foyda kamayişi mumkinligidan ogohlantirdi.

Moliyaviy hisobot e’lon qilingaç, Lufthansa aksiyalari birja savdolarida 10 foizdan ortiq arzonladi.

Kompaniya moliya direktori Till Ştrayxertning aytişiça, aviatsiya kerosini narxi oşib ketişi tufayli yuzaga kelgan qöşimça xarajatlarning taxminan 60 foizini aviaçiptalar narxini oşiriş hisobiga qoplaşga muvaffaq bölingan. Uning sözlariga köra, yaqin oylarda çiptalar narxi yana oşişi ehtimoli yuqori.

Boş direktor Karsten Şpor esa, narxlar qimmatlaşganiga qaramay, aviaqatnovlarga talab yuqoriligiça qolayotganini bildirdi.

Şu bilan birga, texnik xizmat körsatiş va yuk taşiş bilan şuğullanuvçi Lufthansa tarkibidagi kompaniyalar moliyaviy natijalarga ijobiy hissa qöşgan. Ammo aviakompaniyaning raqobatçilari - Air France-KLM va IAG (British Airways egasi) foydaning nisbatan kamroq qisqarganini ma’lum qilgan.

Kompaniya ayrim yönalişlarda Eron atrofidagi vaziyatdan ham iqtisodiy jihatdan foyda körgan. Mojaro sabab Emirates va Qatar Airways kabi Fors körfazi aviakompaniyalari öz hablari faoliyatini vaqtinça çeklagani uçun Yevropa aviataşuvçilari Osiyo yönalişlarida çipta sotişdan köproq daromad olgan.

Biroq Lufthansa rahbariyatining qayd etişiça, Fors körfazi aviakompaniyalari hozirda barça reyslarni qayta tiklagan va bozorda raqobatni kuçaytiriş maqsadida yana jozibador tariflarni taklif etmoqda.

Şu yil aprel oyida Lufthansa yonilği xarajatlarining oşişi va kasaba uyuşmalari bilan mehnat nizolari sababli özining mintaqaviy CityLine aviakompaniyasi faoliyatini töxtatişini e’lon qilgan edi.