2019 yil 21 iyul kuni soat 16:34da, Yunusobod tumani, Ş.Raşidov köçasi 16-uy, “Poytaxt” biznes markazining 10-qavatida joylaşgan Sitizen mehmonxonasining xonalaridan birida, Padiron rusumli konditsioner taşqi bloki yongan. 

Toşkent şahar Yonğin xavfsizligi boşqarmasi xabariga köra, yonğin öçiriş jangovar bölinmalari çaqirilgan manzilga soat 16:36da yetib borgan. Yonğin bölinmalar yetib kelgunga qadar, mehmonxona xodimlari tomonidan öçirilgan. Yonğin joyiga 6 ta yonğin öçiriş texnikasi jalb qilingan.

Yonğin elektr simlarning ortiqça kuçlanişi oqibatida sodir bölgan, deb taxmin qilinmoqda. Yonğindan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yonğinda insonlarni halok böliş va tan jarohati oliş holatlari qayd etilmadi.  

Şu munosabat bilan, Toşkent şahar Yonğin xavfsizligi boşqarmasi iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obekt rahbar hamda xodimlari, şuningdek, fuqarolardan yonğin xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya etişlarini söragan.