Özbekiston Jahon savdo taşkilotiga qöşiliş böyiça muzokaralarni 2026-yilda yakunlab, 2027-yilda aʼzolikka yöl oçişni maqsad qilgan. Bu haqda Toşkentda ötkazilgan matbuot anjumanida Özbekistonning JSTga aʼzoligi böyiça işçi guruh raisi, Janubiy Koreyaning JSTdagi elçisi Sung-Ye Çoi maʼlum qildi.

“Özbekiston öz oldiga muzokaralarni şu yili yakunlaş va 2027-yilda aʼzo böliş uçun yöl oçiş maqsadini qöygan”, - dedi u.

Avvalroq aʼzolik jarayonini 2026-yil martdagi JST vazirlar konferensiyasida yakunlaş közlangandi. Biroq bu muddatga ulgurilmadi. Anjumanda Kun.uz jarayonning keçikiş sabablari, oçiq qolayotgan masalalar va yil oxirigaça belgilangan maqsad aynan nimani anglatişi yuzasidan savol berdi.

Martdagi rejaga nega ulgurilmadi?

Prezident Administratsiyasi boş inspektori Iskandarbek Genjayevning tuşuntirişiça, aʼzolar tomonidan qöşimça savollar va majburiyatlar kötarilişi, ularni Özbekiston manfaatlarini hisobga olgan holda kelişiş qöşimça vaqt talab qilmoqda.

Bundan taşqari, 2026-yil boşida Özbekiston bilan ikki tomonlama muzokaralarga kirişişga yana ayrim davlatlar qiziqiş bildirgan.

“Bunda Özbekiston tomonidan qabul qilinadigan aʼzolikdagi majburiyatlar muhokama qilinmoqda va uşbu majburiyatlarni kelişiş jarayoni özi ham vaqt talab qilmoqda”, - dedi Genjayev.

Uning sözlariga köra, hozir asosiy eʼtibor köp tomonlama muzokaralarga qaratilgan. Oçiq masalalar kelişilgaç, aʼzolik paketi JST Boş kengaşida körib çiqilişi, şuningdek, Özbekiston içki tartib-taomillarni, jumladan ratifikatsiyani bajarişi lozim.

Şu tariqa, muzokaralarni yil oxirigaça tugatiş maqsadi öşa vaqtning özida töliq aʼzolik kuçga kirişini anglatmaydi. Anjumanda aʼzolikning aniq sanasi eʼlon qilinmadi.

“Ikki tomonlama muzokaralar deyarli 99 foizga yakunlangan”

Sung-Ye Çoi tariflar va xizmatlar böyiça ikki tomonlama muzokaralar yakuniga yaqinlaşganini bildirdi.

“Jahon Savdo Taşkilotiga aʼzo davlatlar bilan tariflar va xizmatlar böyiça ikki tomonlama muzokaralar deyarli 99 foizga yakunlangan. Faqat yakuniy tafsilotlar hal qilinişi kerak”, - dedi işçi guruh raisi.