AQŞ prezidenti Donald Tramp AQŞ Afğonistondagi uruşni eng qisqa muddatlarda yutişi mumkinligini aytdi.
Tramp 22 iyulda Oq uyda Pokiston boş vaziri Imron Xon bilan uçraşib, unga “Men bu uruşni bir haftadayoq yuta olaman”, deb aytgan.
AQŞ rahbarining ta'kidlaşiça, “Afğoniston 10 kun içida yer yuzidan yöq bölib ketardi”.
Şu bilan birga Tramp bu yöldan ketişni istamasligini aytgan. “Men 10 mln odamni öldirişni istamayman”, deb ta'kidlab ötgan Tramp.
AQŞ prezidenti Xon bilan muzokaralarda AQŞ Kaşmir masalasini tartibga solişda Pokiston va Hindiston örtasida vositaçi bölişga tayyorligini ma'lum qilgan.
Avvalroq Trampga bu iltimos bilan Hindiston boş vaziri Narendra Modi murojaat qilgan.












