Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarşi savdo sanksiyalari huquqiy noaniqliklar va YeIga aʼzo davlatlar tomonidan ularning turliça qöllanilişi sababli mavjud imkoniyat darajasida samara bermayapti.
Yevropa hisob palatasi (ECA) 10-noyabr, seşanba kuni eʼlon qilgan maxsus hisobotida şunday xulosaga keldi.
Auditorlar bahosiga köra, sanksiyalar va ularni aylanib ötişga qarşi çoralar YEI va Rossiya örtasidagi savdo hajmini sezilarli darajada kamaytirgan.
Şuningdek, Rossiya mudofaa sanoatida qöllanilişi mumkin bölgan tovarlarni töğridan-töğri yetkazib beriş imkoniyatlari ham çeklangan.
Biroq savdo aloqalarining bir qismi saqlanib qolmoqda, sanksiyalarni aylanib ötişga urinişlar esa hamon jiddiy muammo bölib qolmoqda.
Sanksiyalarni aylanib ötiş xavfi
Hisobotda taʼkidlanişiça, Yevroittifoqning sanksiyalar va bojxona sohasidagi qonunçiligida noaniq hamda turliça talqin qilinişi mumkin bölgan qoidalar mavjud.
YeIga aʼzo davlatlarning vakolatli organlari mazkur qoidalarni har xil talqin qilmoqda.
Bu esa kompaniyalar uçun nazorat nisbatan sust bölgan mamlakatlar orqali savdo operatsiyalarini amalga oşiriş imkoniyatini yaratadi.
Bunday amaliyot huquqiy sohada forum shopping, yaʼni özi uçun eng qulay qonunçilik va nazorat tizimiga ega yurisdiksiyani tanlaş deb ataladi.
Masalan, ayrim kompaniyalar sanksiya talablari qatʼiy nazorat qilinmaydigan YEI mamlakatlari orqali tovarlar harakatini taşkil etişi mumkin.
«Noaniq qoidalar va qonunçilikni amalda qöllaşdagi kamçiliklar sanksiyalar samaradorligini pasaytiradi hamda ularni aylanib ötişni osonlaştiradi», - dedi hisobotni tayyorlaşga masʼul bölgan Yevropa hisob palatasi aʼzosi Mixails Kozlovs.
Uning taʼkidlaşiça, çeklov çoralari faqat Yevroittifoqning barça mamlakatlarida bir xil va özaro muvofiqlaştirilgan tarzda qöllanilgan taqdirdagina öz maqsadlariga töliq erişa oladi.
Auditorlar qanday tavsiyalar berdi?













