Rossiya xalq xöjaligi va davlat xizmati akademiyasining 2019 yil iyun oyi uçun «Rossiya Federatsiyasidagi iqtisodiy vaziyat monitoringi» hisobotiga köra, Özbekistondan Rossiyaga vaqtinçalik migratsiya hajmi ösişda davom etmoqda.

1 iyun holatiga köra 2,1 million Özbekiston fuqarosi Rossiyada bölgan. Taqqoslaş uçun, 2018 yil 1 dekabr holatida 1,8 million kişi, undan bir yil oldin esa - 1,7 million kişi edi.

Özbekiston Rossiyadagi migrantlar soni böyiça birinçi örinda turibdi. Ukraina ikkinçi (1,7 million), Tojikiston (1,3 million) uçinçi poğonada.

Özbekistondan Rossiyaga vaqtinçalik migratsiya hajmi nafaqat 2015 yildagi körsatkiçlarga qaytdi, balki inqirozgaça bölgan körsatkiçlarga juda yaqin keldi - 2014 yil 1 dekabr holatiga köra 2,2 million Özbekiston fuqarolari Rossiyada bölgan.

Raqamlar şuni körsatadiki, 2014 yilda, rubl qulaşi, sanksiyalar va boşqa hodisalardan söng, Rossiyadagi özbekistonlik migrantlar soni kamaya boşladi, ammo 2017 yilda oqim tiklandi va hozir faol ravişda ösmoqda.

Özbekiston va Tojikistondan kelgan migrantlarning patent uçun tölovlari yil sayin oşib bormoqda, bu yil ular barça patentlarning 91 foizini rasmiylaştirdi. Taqqoslaş uçun, 2018 yilda - 89%, 2017 yilda - 86%, 2016 yilda - 82% edi.