Şimoliy Koreya Rossiyaga qaraşli, bortida 17 dengizçi bölgan baliq ovlovçi kemani qölga oldi. Bu haqda kemaga egalik qiluvçi Şimoli-Şarqiy baliqçilik kompaniyasi direktori örinbosari Sergey Sedler xabar qilgan.
Ta'kidlanişiça, voqea 17 iyul erta tongda yuz bergan. Sedlerning aytişiça, qölga olingan “Syanxaylin-8” kemasida 15 rossiyalik va 2 nafar janubiy koreyalik dengizçi bölgan. Kema Janubiy Koreyaning Sokço portidan krab ovlagani Yapon dengiziga yöl olayotgan bölgan. Şimoliy Koreya kuçlari kemani mamlakat çegarasidan 55 mil uzoqlikda qölga olgan.
Sedlerning ta'kidlaşiça, 17 iyul soat 4da kemaga şimoliy koreyalik çegaraçilar çiqib, barça aloqa vositalarini öçirib qöygan. Ta'kidlanişiça, kemaning hibsga olinişiga Şimoliy Koreya öz sohilidan 50 mil uzoqlikda öz ixtiyoriça örnatib olgan “harbiy qöriqlaş hududi” çegarasini noqonuniy kesib ötişi sabab bölgan.
Dengizçilar Şimoliy Koreyaning Vonsan portiga olib borilgan. Rossiya konsuli ular oldiga 23 iyuldagina taşrif buyurgan. Konsulning aytişiça, rossiyaliklar yopiq kayutalarda saqlanmoqda hamda muntazam ravişda tintuv qilinib, söroq qilinmoqda. Şimoliy Koreyada bu masala böyiça sud taftişi qaçon boşlanişi ma'lum qilinmagan.












