«Öztransgaz» AJ mutasaddi xodimlari tomonidan jurnalistlar uçun taşkil etilgan brifingda Özbekiston gazi qaysi çet el kompaniyalari tomonidan qazib çiqarilişi haqida ma'lumot berildi.

Tabiiy gaz eksporti boşqarmasi boşliği Bahodir Turobovning sözlariga köra, umumiy hisobda gaz qazib çiqarişda xorij kompaniyalarining uluşi 25 foizni taşkil etadi. Asosiylari «Lukoyl», «Gazprom» va Xitoyning CNPC (China National Petrolium Corporation) kompaniyalaridir.
Tadbir davomida içki talabni qondirmay turib, tabiiy gaz eksporti amalga oşirilayotgani masalasiga mutasaddilar izoh berişdi.
«Öztransgaz» AJ boşqaruv raisi örinbosari Murodulla Boşmanovning aytişiça, respublika tabiiy gazini faqat mahalliy kompaniyalar emas, balki çet el korxonalari ham qazib çiqaradi.
«Ularning öz sotiş huquqi bor. Barça işlar kelişilgan şartnoma asosida qilinadi. Özbekistonda tabiiy gaz qazib çiqariş 8 foizga oşgan. Ammo mahalliy kompaniyalarning uluşi 29 foizga kamaygan. Hozir asosiy eksportyorlar xorij kompaniyalari hisoblanadi», deya uning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.












