Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 18-avgustdagi 444-son qarori bilan Jahon banki iştirokida «Özbekistonda gaz sizib çiqişlarini bartaraf etiş mexanizmini yaratiş» loyihasini amalga oşiriş çora-tadbirlari belgilandi.
Qarorga köra, loyihani amalga oşiriş uçun Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Jahon banki örtasida qiymati 10,6 mln AQŞ dollariga teng grant bitimi imzolangan.
Loyihadan asosiy maqsad gaz infratuzilmasidagi yöqotişlarni kamaytiriş, metan çiqindilarini qisqartiriş, iqlim özgarişiga qarşi çoralarni kuçaytiriş va gaz tejalişi natijasida şakllanadigan mablağlarni sohaga qayta investitsiya qilişdan iborat.
Hujjatda keltirilişiça, Jahon banki kömagida gaz sizib çiqişi holatlarini aniqlaş böyiça ötkazilgan tadbirlar natijasida respublika hududidagi «Öztransgaz» ob’yektlarining 1 000 dan ortiq nuqtasida 35 mln kub metrgaça hajmda gaz sizib çiqişi holatlari aniqlangan.
Loyiha 2026–2028-yillar davomida amalga oşiriladi. Uning doirasida «Öztransgaz» tizimidagi ob’yektlarda gaz sizib çiqişi holatlari bosqiçma-bosqiç aniqlanadi va bartaraf etiladi.
Qarorga ilova qilingan moliyalaştiriş jadvaliga köra, grant mablağlarining asosiy qismi - 9,6 mln dollari gaz infratuzilmasida mavjud gaz yöqotişlari hajmini kamaytirişga qaratilgan çora-tadbirlarga yönaltiriladi.
Yana 500 ming dollar gaz sizib çiqiş holatlari va metan emissiyalarini kamaytiriş monitoringi hamda hisobotini yuritiş böyiça institutsional salohiyatni mustahkamlaşga, qolgan 500 ming dollar esa loyihani amalga oşiriş guruhi faoliyati, xorijiy ekspertlarni jalb qiliş va loyihani qöllab-quvvatlaşga ajratiladi.
Loyiha doirasida gaz sizib çiqişlarini bartaraf etiş natijasida iqtisod qilingan metan gazi hajmi mustaqil verifikatsiyadan ötkaziladi. Şu asosda şakllangan mablağlar maxsus eskrou hisobvarağida jamlanib, gaz tizimidagi samarali loyihalarni moliyalaştirişga yönaltiriladi.
Moliyaviy mexanizm orqali gaz sizib çiqişlarini aniqlaş va bartaraf etiş, ölçaş, monitoring, hisobot va verifikatsiya tizimlarini joriy etiş, gaz infratuzilmasini modernizatsiya qiliş va texnik xizmat körsatiş, şuningdek, ekologik va xavfsizlik standartlarini ta’minlaş bilan boğliq tadbirlarni moliyalaştiriş nazarda tutilgan.
Qarorda yana bir muhim şart belgilangan: loyiha natijasida kamaytirilgan va mustaqil verifikatsiya asosida tasdiqlangan tabiiy gaz hajmlari kamida ikki yil davomida içki bozor ehtiyojlari uçun qöllanadi. Bu davrda uşbu gaz uçun tarif tölovlarini kamaytirmaslik hisobidan moliyaviy mexanizmning barqaror işlaşi ta’minlanadi.

















