«Arsenal» futbolçilari Mesut Özil va Sayyod Kolaşinats qurolli hujum qurboniga aylanişdi.

Sky Spors xabariga köra, ikkalasi London şahrida avtomobilda ketayotganida skuterda harakatlanayotgan jinoyatçilar hujumiga uçragan. Videokameralardagi yozuvlarda ularning piçoq bilan qurollangani körinib turibdi.

Özil maşinadan tuşib, qoçib ketgan va yaqin oradagi restoranga kirgan. Kolaşinats esa öğrilarga qarşilik qilişga uringan.

Voqea joyiga yetib kelgan politsiya tafsilotlarni örganmoqda va jinoyatçilarni qidirmoqda. «Arsenal» futbolçilari jarohat olmagan.