KXDR hukumati Rossiyaning avvalroq uşlagan «Syanxaylin-8» baliqçilik kemasini qöyib yubordi, deb xabar bermoqda Rossiyaning Pxenyandagi elçixonasi Twitter sahifasida.

27 iyulda KXDR mulozimlari kema kapitaniga ekipaj a'zolarini qöyib yuboriş rejasidan boxabar qilişgan va oradan 3,5 soat ötgaç, «Syanxaylin-8» baliqçilik kemasi Vonsan şahri portidan Janubiy Koreya portiga tomon suzişni boşlagan. J.Koreyada uşbu davlatning ekipaj a'zolari bölgan ikki fuqarosi qoladi, Keyin kema Rossiyaga qaytadi. 

Eslatib ötamiz, KXDR çegaraçilari 16 iyuldan 17 iyulga ötar keçasi «Syanxaylin-8» baliqçilik kemasini 17 kişilik ekipaj a'zolari bilan birga uşlagan edi. Ularning 15 nafari Rossiya fuqarolaridir. KXDR çegaraçilari kemani qirğoqdan 85 km uzoqlikda uşlagan. Kema harbiy qöriqlaş hududini buzganlikda ayblangan. BMT dengiz huquqi, hududiy suvlar Konvensiyasiga muvofiq, sohildan 20 km masofa hududiy suvlar hisoblanadi.