Ukrainada Rossiyaning Nika Spirit tankeri tintuv vaqtida musodara qilingan hujjatlar bilan birga hibsga olindi. Bu haqda mamlakat boş harbiy prokurori Anatoliy Matios ma'lum qildi.

"Biz buni amalga oşirdik. Nuqta!" — deb yozdi u özining Facebook sahifasida.

Uning ta'kidlaşiça, Ukraina qonunçiligida mamlakat hududida bölgan dengiz yoki daryo transportida tergov harakatlari ötkaziş uçun konsul yoki diplomatik muassasa vakilidan ruxsat oliş közda tutilmagan.

Ukraina xavfsizlik xizmati xodimlari Nika Spirit tankerini 25 iyul kuni Izmail portida uşlagandi. Kiyevning ta'kidlaşiça, tanker ilgari Neyma deb nomlangan va Kerç böğozida Ukraina kemalari yölini tösişda iştirok etgan.

Tankerda tintuv ötkazilib, uning bortidagi hujjatlar musodara qilingan. Kema ekipaji söroq qilinganidan söng Rossiyaga qaytgan.