“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida Samarqand şahar markaziy çiqindixonasini modernizatsiya qiliş haqida petitsiya e'lon qilindi.

Qayd etilişiça, Samarqand şahrida çiqindixonalarni tartibga keltiriş maqsadida turli tadbirlar olib borilmoqda. Çiqindixonalarga turli qattiq maişiy va xöjalik çiqindilari uçun alohida bunkerlar qöyilmoqda. 

“Lekin Samarqand şahrining çekkasida xalq tilida “musorosvalka” nomini olgan çiqindixonani tartibga keltirişning ilojini qila olişmayapti. Çiqindilarning tartibsiz ravişda tökilişi oqibatida juda katta hudud ifloslangan”, - deyiladi murojaatda. 

Bildirilişiça, atrof-muhitga, şu jumladan, Xişrav, Kimyogarlar, Çarxin şaharçalari joylaşgan hudud aholisining soğligi va salomatligi uçun xavfli bölgan tutun va gazlar ajralib çiqib, atrofga tarqalmoqda. 

“Keç tuşgaç, Kimyogarlar şaharçasiga bir kelsangiz, şaharga öt ketganmi deb öylaysiz. Negaki, hammayoq köm-kök tutun bilan qoplangan böladi. Derazalarni oçiq qoldirsangiz, uyingiz açimsiq tutunga töladi. Yuqoridagi muammolarni hal etiş çoralari körilişini istaymiz. Çunki atrofda 50-60 mingga yaqin aholi istiqomat qilmoqda”, - deb yozadi petitsiya muallifi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Samarqand şahar taşqarisidagi markaziy çiqindixonani modernizatsiya qiliş taklif etilgan.