Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida 2 avgust kuni kiçik biznes va tadbirkorlikni rivojlantiriş böyiça amalga oşirilayotgan işlar tahliliga bağişlangan videoselektor yiğilişi ötkazildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Videoselektor yiğilişida tadbirkorlikni moliyaviy qöllab-quvvatlaş, şu bilan birga, ajratilgan mablağlarning maqsadli va samarali işlatilişini ta'minlaş masalasi ham muhokama qilindi.
Ma'lumki, oxirgi yillarda tadbirkorlikni rivojlantiriş uçun katta miqdorda kreditlar berildi. Ularning 90 foizdan ziyodi davlat mablağlaridir.
Ötkazilgan örganişlar 2017-2018 yillarda bankdan kredit olgan mingdan ortiq tadbirkorlarning loyihalari böyiça yer ajratiş, infratuzilmaga ulaniş, ruxsatnoma oliş, dastgohlarni keltiriş va boşqa turli masalalarga doir muammolar borligini körsatgan. Bu öz navbatida berilgan kreditlarning qaytarilişini qiyinlaştiradi.
Şu bois Hisob palatasi, Markaziy bank, Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga muammolari bölgani uçun töliq amalga oşirilmayotgan loyihalar röyxatini şakllantirib, ularga amaliy kömak beriş vazifasi qöyildi.
Davlat rahbari banklar iş uslubini tubdan özgartirib, tadbirkorlarni ularning butun faoliyati davomida qöllab-quvvatlaşi, öz mijozlari bilan haqiqiy ma'noda biznes-hamkor sifatida işlaşi kerakligini ta'kidladi.
Xalqaro kredit liniyalari mablağlarini tadbirkorlik sohasiga kengroq jalb qiliş, ularni özlaştiriş borasida mamlakatimizning har bir hududi kesimida takliflar işlab çiqiş böyiça körsatmalar berildi. Tijorat banklarida taşkil etilgan “Investitsiya markazlari” orqali bu kreditlarning yönalişlari va şartlari töğrisida har bir mijozga töliq ma'lumot beriş zarurligi qayd etildi.
Yiğilişda faoliyatini töxtatgan kiçik biznes sub'yektlarini qayta tiklaş masalalari ham tahlil qilindi. Mutasaddilarga soliq va statistika ma'lumotlarini tahlil qilib, har bir korxonaning faoliyat körsatmaslik sabablarini aniqlaş vazifasi qöyildi. Hokimlarning tadbirkorlik masalalari böyiça örinbosarlari va joylardagi iqtisodiy kompleks idoralari rahbarlari faoliyatini tiklaş imkoni bölgan korxonalar bilan manzilli işlab, ularning muammolarini hal etişga yordam berişi kerakligi ta'kidlandi.
Faoliyat körsatmayotgan korxonalarni tiklaş, iş örinlarini legalizatsiya qiliş, yangi loyihalarni öz vaqtida işga tuşiriş hisobiga soliq bazasini kengaytiriş yuzasidan körsatmalar berildi.












