Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev Belarus Respublikasi prezidenti Aleksandr Lukaşenkoning taklifiga binoan 2019 yil 31 iyul – 1 avgust kunlari rasmiy taşrif bilan Belarus Respublikasida böldi. TIV prezidentlarning qöşma bayonoti matnini e'lon qildi.
Quyida u töliq holda keltiriladi:
1. Özbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi teng huquqli va suveren davlatlar sifatida uzoq muddatli şeriklik, özaro foyda va bir-birlarining manfaatlarini hisobga oliş asosida köp qirrali hamkorlikni rivojlantirib boradilar.
2. Tomonlar özaro hurmat va işonç an'analari, xalqlar örtasidagi köp asrlik döstlikka asoslangan özbek-belorus aloqalari darajasini yanada oşirişga har tomonlama kömaklaşadilar.
3. Tomonlar ikki tomonlama munosabatlarning muhim jihatlari, özaro manfaat kasb etadigan dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan muntazam fikr almaşgan va öz pozitsiyalarini kelişgan holda muntazam uçraşuvlar, eng avvalo, oliy va yuqori darajadagi uçraşuvlar mexanizmidan foydalaniş hamda uni takomillaştirişda davom etadilar.
4. Tomonlar 2030 yilga qadar barqaror rivojlaniş sohasida Kun tartibini amalga oşiriş va Barqaror rivojlaniş maqsadlariga erişiş yölida xalqaro şeriklikni mustahkamlaş uçun ikki tomonlama, mintaqaviy va global formatlarda hamkorlikni davom ettiradilar.
5. Tomonlar xalqaro maydonlarda inson huquqlarini ilgari suriş masalalarida hamkorlikni davom ettiradilar. Birlaşgan Millatlar Taşkiloti hamda boşqa universal va mintaqaviy xalqaro taşkilotlar doirasida taşabbus va nomzodlarni özaro qöllab-quvvatlaş amaliyoti mustahkamlanadi.
6. Tomonlar Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi va Şanxay hamkorlik taşkiloti doirasida ularning faoliyatini takomillaştiriş va köp tomonlama munosabatlarni kengaytiriş böyiça sa'y-harakatlarni amalga oşiradilar.
7. Tomonlar belorus tomonining tajribasini hisobga olgan holda, Özbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligi istiqbollarini muhokama qildilar.
8. Tomonlar Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi bilan Belarus Respublikasi Milliy kengaşi örtasidagi faol muloqotni olqişlaydilar hamda davlatlararo munosabatlarning muhim tarkibiy qismi sifatida parlamentlararo hamkorlikning yanada rivojlanişi va çuqurlaşişiga işonç bildiradilar.
9. Tomonlar ikki mamlakatni yanada barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş maqsadida özaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirişga ustuvor ahamiyat beradilar.
10. Tomonlar özaro manfaatli loyihalarni amalga oşirişda muhim mexanizm hisoblanadigan Ikki tomonlama hamkorlik böyiça hukumatlararo qöşma komissiyaning sermahsul faoliyatini qayd etib, uning işiga tizimli tus berişga kelişib oldilar.
11. Tomonlar özaro savdodagi ijobiy ösiş sur'atini, savdo aylanmasi hajmini kengaytiriş va uning barqarorligini ta'minlaş uçun mavjud salohiyatni mamnuniyat bilan qayd etdilar.
12. Tomonlar innovatsiyalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, qişloq xöjaligi, maşinasozlik, töqimaçilik, çarm va oziq-ovqat sanoati, farmatsevtika sohalarida va iqtisodiyotning boşqa tarmoqlarida kooperatsiyani yanada kuçaytiriş, şu jumladan, uçinçi mamlakatlar bozorlariga çiqiş muhimligini ta'kidladilar.
13. Tomonlar oliy darajadagi taşrif doirasida Minskda taşkil etilgan «Özbekistonda işlab çiqarilgan» Özbekiston Respublikasi mahsulotlarining milliy körgazmasi hamda Özbekiston va Belarus mintaqalari forumining ötkaziliş darajasi va natijalarini yuqori baholadilar.
14. Tomonlar savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni mustahkamlaşning samarali şakli sifatida töğridan-töğri mintaqalararo aloqalarni yanada kengaytirişdan özaro manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.
15. Tomonlar ikki mamlakat tadbirkorlari örtasida uzoq muddatli şeriklik aloqalarini örnatişga kömaklaşadigan Işbilarmonlar qöşma kengaşi tuzilişini olqişladilar.
16. Tomonlar transport-logistika kommunikatsiyalari sohasidagi hamkorlikni rivojlantiriş, yuk aylanmasini köpaytiriş uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş va ta'minlaşga kömaklaşiş niyatida ekanliklarini bildirdilar.
17. Tomonlar xalqaro va mintaqaviy terroristik va ekstremistik guruhlarning faolligi oşib borayotganidan, transçegaraviy jinoyatçilik, qurol-yaroğ va giyohvand vositalar bilan noqonuniy muomalada böliş hamda odam savdosining ösişidan taşvişda ekanliklarini bildirdilar. Şu munosabat bilan, umumiy, teng va ajralmas xavfsizlik tamoyiliga sodiqliklarini, özaro işonç va hurmat, şuningdek, bir-birlarining manfaatlarini hisobga oliş asosida yagona xavfsizlik makonini yaratiş muhimligi tarafdori ekanliklarini tasdiqladilar.
18. Tomonlar axborot xavfsizligini ta'minlaş va kiberjinoyatçilikka qarşi kuraşişda hamkorlikni kengaytirişga kelişib oldilar.
19. Tomonlar sönggi yillarda ikki mamlakatning harbiy va harbiy-texnikaviy sohalardagi amaliy şerikligi, şuningdek, huquqni muhofaza qiliş idoralari, harbiylaştirilgan tuzilmalar va favqulodda vaziyatlar muassasalari örtasidagi hamkorlik rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan ta'kidladilar.
20. Tomonlar vazirliklar, idoralar, universitetlar va ilmiy taşkilotlar örtasidagi ilmiy-texnikaviy hamkorlik yanada rivojlanişini va ilğor tajriba almaşinuvini qöllab-quvvatlaydilar.
21. Tomonlar yuqori va raqamli texnologiyalar sohasida yaqin hamkorlikni çuqurlaştiriş hamda ularni, şu jumladan, ikki mamlakat innovatsion markazlari va texnoparklari örtasidagi hamkorlikni rivojlantiriş orqali hayotga tatbiq etiş muhimligini ta'kidladilar.
22. Tomonlar ikki mamlakat xalqlarining tarixi, madaniyati va boy milliy an'analari bilan özaro tanişiş maqsadida turizm sohasidagi faol almaşinuvni rivojlantirişga kömaklaşadilar.
23. Tomonlar ikki mamlakat xalqlarining ma'naviy va madaniy yaqinligini saqlab qolişga har tomonlama kömaklaşadilar, madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikni çuqurlaştiradilar.
24. Tomonlar Özbekiston Respublikasi bilan Belarus Respublikasi örtasida köp qirrali va özaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytiriş maqsadida erişilgan kelişuvlarning samarali amalga oşirilişini ta'minlaşga barça bosqiçlarda kömaklaşiş niyatida ekanliklarini e'tirof etdilar.
Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev Belarus Respublikasi prezidenti Aleksandr Lukaşenkoga mehmondöstlik va samimiy qabul uçun çuqur minnatdorlik izhor etgan holda, Belarus Respublikasi prezidenti Aleksandr Lukaşenkoni rasmiy taşrif bilan Özbekiston Respublikasida bölişga taklif qildi. Taklif minnatdorlik bilan qabul qilindi.












