AQŞ prezidenti Donald Tramp "Skripallar işi" sababli Rossiyaga qarşi sanksiyalar kiritiş töğrisidagi farmonni imzoladi.

Hujjatda aytilişiça, AQŞ Rossiyaga xalqaro moliya muassasalari tomonidan zayomlar berilişi, moliyaviy va texnik yordam körsatilişiga qarşilik qiladi.

Vaşington bu tösiqlarni XVJ, Jahon banki, YeTTB va boşqa taşkilotlardagi öz vakillari orqali yaratadi.

Bundan taşqari, Amerika banklari çeklovlar kiritilayotgan mamlakat hukumatiga kredit bera olmaydi.

Skripallar işi bois birinçi sanksiyalar paketi ötgan yilning 27 avgustida kiritilgandi.

2018 yil martda Solsberida GRU sobiq ofitseri Sergey Skripal va uning qizi Yuliya zaharlangandi.  

London bu işga Rossiya aloqador ekanligini bildirdi, Moskva buni qat'iyan inkor qildi.