Qrim Rossiya tarkibiga buyuk davlatlar örtasidagi raqobat kuçaygani sababli qaytarildi. Bunday fikrni NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg Yangi Zelandiyadagi Viktoriya universiteti qoşidagi Strategik tadqiqotlar markazidagi nutqida bildirdi. Bu haqda “Izvestiya” naşri xabar berdi.
Stoltenbergning ta'kidlaşiça, buyuk davlatlar örtasida oşib borayotgan raqobat oqibatlari Şimoliy Koreya va Suriya bilan boğliq vaziyatlarda ham körinmoqda. Bu davlatlar aynan şu “poyga” sababli aziyat çekmoqda.
NATO boş kotibining aytişiça, Rossiya Qrimni “bosib olib” hamda harbiy salohiyatini oşirib va Yaqin Şarqdagi vaziyatga aralaşib, öz siyosatida şiddatliroq bölişga qaror qildi.
Stoltenbergning qöşimça qilişiça, şu tariqa buyuk davlatlar raqobati uzoq vaqtdan beri qaror topgan dunyo tartibiga putur yetkazmoqda va bundan Örta va kiçik masofali raketalarni yöq qiliş şartnomasi amal qilişi töxtatilgani ham darak bermoqda.
Şartnoma AQŞ taşabbusi bilan 2 avgustda töxtatildi. Rossiya bunday qadamni barqarorsizlantiruvçi deb atab, Vaşingtonga şartnoma amal qilişi muddatini uzaytirişni bir neça marotaba taklif qilgan. Biroq Moskva AQŞ tomonidan ijobiy javob olmagaç, şartnoma şartlarini bajarişni töxtatgan.












