Fuqarolarga va Özbekistonga taşrif buyurayotgan turistlarga öz vaqtida zarur yordam körsatiş uçun “Toşkent” Xalqaro aeroportiga yaqin hududda «Police» yozuvi bor poytaxt IIBB patrul-post xizmati punkti faoliyat körsata boşladi.
Poytaxt IIBB matbuot xizmati xabariga köra, uşbu punktda keçayu-kunduz Toşkent şahar IIBB xodimlari xizmat olib borişadi.


Bundan taşqari, punktning içida örnatilgan monitorlar aeroport hududi böylab örnatilgan videokuzatuv kameralarining tasvirini uzatib beradi. Bu esa içki işlar xodimlariga vaziyatni nazorat qilişlariga, jamoat tartibi buzilgan holatlarda tezda voqea joyiga yetib kelişlariga imkoniyat yaratadi.


Uşbu PPX punkti va içki işlar xodimlarining aeroport yaqinida xizmat qilişlari, poytaxtga kelayotgan mehmonlarda xavfsizlik hissini uyğotadi, deyiladi xabarda.











