Oliy Majlis Senati Fan, ta'lim va soğliqni saqlaş masalalari qömitasi işçi guruhi yiğilişida Qonunçilik palatasi tomonidan 2019 yil 22 iyul kuni qabul qilingan “Ilm-fan va ilmiy faoliyat töğrisida”gi Qonun muhokama qilindi. Bu haqda Oliy Majlis Senati axborot xizmati xabar bermoqda.
Milliy iqtisodiyot samaradorligining asosini tabiiy va mehnat resurslari qatorida mamlakatning ilmiy-texnikaviy salohiyati ham taşkil etadi. Jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining sifat jihatidan yangi darajaga kötarilayotgani ilmiy faoliyatning ahamiyatini yanada oşirdi.
Oliy ta'lim muassasalarida 26 476 nafar professor va öqituvçi faoliyat yuritmoqda, ularning 9 636 nafari ilmiy darajalarga ega. 2018-2019 yillarda 1 382 nafar tadqiqotçi dissertatsiya himoya qilgan. Biroq sohada mavjud kamçilik va muammolar, avvalo, uning qonunçilik negizini yangilaş va mustahkamlaşni taqozo etmoqda. “Ilm-fan va ilmiy faoliyat töğrisida”gi Qonun bu yönalişda qöyiladigan muhim qadam bölişi lozim.
Hujjatda sohadagi faoliyatning:
ilmiy ijod va axborot erkinligi;
samaradorlik, manfaatdorlik va rağbatlantiriş;
xolis ilmiy ekspertiza;
inson hayoti va salomatligiga zarar yetkazmaslik kabi asosiy tamoyillar mustahkamlab qöyilmoqda.
Sohaning asosiy yönalişlari qatorida ilm-fan va ilmiy faoliyatni rivojlantiriş orqali milliy iqtisodiyot raqobatbardoşligi va samaradorligiga erişiş, uning ustuvor yönalişlarini belgilaş va resurslarni maqsadli yönaltiriş, davlat ilmiy dasturlarini işlab çiqiş, asoslantirilgan taşabbus va loyihalarni qöllab-quvvatlaş kabi maqsadlar qayd etilmoqda.
Qonunda ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasida davlat-xususiy şeriklikni qöllab-quvvatlaş, ilm-fanga intiliş va uning jozibadorlik muhitini şakllantiriş, yoşlarni ilmiy faoliyatga jalb etiş, yoş iste'dod egalarini tayyorlab boriş kabi yönalişlarga ham urğu berilmoqda.












