Qirğiziston taşqi işlar vazirligi Rossiya elçisi Sergey Vakunovni çaqirtirib, Moskvadagi «Bodrost» hammomida Qirğiziston fuqarolariga qarşi ötkazilgan reyd yuzasidan izoh söradi. Bu haqda Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Rossiya elçisiga hammomda ötkazilgan amaliyotning huquqiy asoslari haqida ma’lumot beriş, şuningdek, qölga olingan fuqarolarga nisbatan kuç işlatiş sabablarini tuşuntiriş söralgan rasmiy nota topşirilgan. Asossiz kuç işlatiş çoralari qöllangani tasdiqlangan taqdirda huquq-tartibot idoralari xodimlariga nisbatan çora köriş talab qilingan.

Bundan taşqari, Qirğiziston fuqarolarining huquqlarini himoya qiliş va bundan buyon Qirğiziston va Rossiya örtasidagi ittifoqçilik hamda strategik şeriklik munosabatlariga putur yetkazişi mumkin bölgan bunday vaziyatga yöl qöymaslik böyiça ta’sirçan çoralar köriş söralgan.

11 aprelga ötar keçasi Moskvadagi asosan qirğizistonliklar boradigan «Bodrost» hammomida reyd ötkazilgan, Qirğiziston fuqarolari ommaviy hibsga olingan va ularga nisbatan kuç işlatilgandi.

Facebook’da Mirjan Balibayev ismli foydalanuvçi özi guvoh bölgan voqea haqida hikoya qilib bergan.

«Insonlar işdan keyin dam oliş uçun hammomga kelgan edi. Ammo buğlaniş va çömiliş örniga — OMON bosqiniga duçor bölişdi. Baqir-çaqir, ur kaltak-sur kaltak, hammani yuztuban yerga yotqizişdi, hayvonlardek. Köpçiligining tanasida katta-katta kökarişlar, qora doğlar bor. Bu tekşiruv emas – bu qiynoq», – deb yozgan u va öz sahifasida hammomdagi OMON bosqini videosini ham joylaştirgan.

Xabarlarga köra, reydga göyoki hammom ma’muriyati mahalliy aholini çömilişga kiritmayotgani sabab bölgan.

Ulysmedia.kz ma’lumotlariga köra, hammomda Qirğizistonning 60 ga yaqin fuqarosi bölgan. Reyd davomida politsiyaçilar yiğilganlarni kaltaklagan. Moskvada taksiçilik bilan şuğullanuvçi Alixan ismli şaxs 10 aprel kuni keçqurun toğasi va amakivaççasi bilan hammomga borgani, taxminan yarim soatlardan söng eşik buzilgani va vahima boşlanganini aytib bergan.

«Odamlar vahimaga tuşib qoça boşlaşdi. Biz ham qoçmoqçi böldik, lekin heç kimni qöyib yuborişmadi. Keyin hammani kaltaklay boşlaşdi. Kim urayotgani ham tuşunarsiz – körib bölmasdi. Boş kötarişga qöyişmaydi. Ularning qöllarida tayoq va elektroşokerlar bor edi. Hammani oşxonaga haydaşdi. Kuçli erkaklarni ajratib, kuçsizroq yoki ozğinroq köringanlarini bir xonada qoldirişdi. Soqoli borlarni alohida olib ketişdi. Bir erkakning soqolini şu yerning özida olib taşlaşdi. U qarşilik körsatmoqçi bölganida, yuziga urişdi. Bizni nima uçun urişayotganini tuşunmasdik – heç kim hujjat söramasdi. Bir kişi örnidan turib, buning sababi nima, deb söradi, unga „Siz bizga yoqmayapsiz“ deb javob qaytarişdi», – deydi u.