Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Orbanning raqibi Ukrainaning YeIga a’zoligi bo‘yicha referendum o‘tkazishni va’da qildi
Vengriyaning TISZA muxolifat partiyasi yetakchisi Peter Madyarning aytishicha, agar uning partiyasi 2026 yilgi saylovlarda g‘alaba qozonsa, Budapeshtning Kiyevning Yevropa Ittifoqiga a’zolik tashabbusini qo‘llab-quvvatlashi bo‘yicha referendum o‘tkaziladi.
Vengriya Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish tashabbusini qo‘llab-quvvatlashi haqidagi qaror muxolifatdagi "Hurmat va erkinlik" partiyasi (TISZA) 2026 yilda Vengriyadagi parlament saylovlarida g‘alaba qozonsa, o‘tkazadigan referendumdan so‘ng qabul qilinadi. Bu haqda TISZA yetakchisi Peter Madyar 13 aprel, yakshanba kuni Budapeshtda minglab tarafdorlari oldida ma’lum qildi.
So‘nggi bir necha hafta ichida Madyar tarafdorlari uning tashabbusi bilan o‘tkazilgan Voice of the Nation deb nomlangan so‘rovda ishtirok etishdi. Unda Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish imkoniyatlari ham muhokama qilindi.
13 apreldagi mitingda e’lon qilingan so‘rov natijalariga ko‘ra, uning ishtirokchilarining 58 foizi Kiyev arizasini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirgan. Ayni paytda Madyarning o‘zi 7 mart kuni Facebookʼdagi sahifasida: «Ukraina urushdan vayron bo‘lgan, yaqin bir necha o‘n yilliklarda Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish imkoniyati yo‘q», deb yozgandi.
«(Voice of the Nation) so‘rovi natijalari shuni ko‘rsatadiki, bu jamiyatni bo‘luvchi masala va shuning uchun biz hokimiyat tepasiga kelganimizda u qonuniy kuchga ega bo‘lgan referendumga qo‘yiladi», dedi Madyar Budapeshtdagi mitingda. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, so‘rovda 1,1 million kishi ishtirok etgan. Vengriya aholisi - 9,6 million kishi.
Mavzuga oid
08:58 / 04.06.2026
Ukrainaning YeIga a’zo bo‘lishi yo‘lida muhim qadam tashlandi
18:06 / 27.05.2026
Vengriya parlamenti Xalqaro jinoiy suddan chiqish jarayonini to‘xtatdi
09:44 / 23.05.2026
Vengriya ukrain mahsulotlari importini yana taqiqladi
09:03 / 11.05.2026