12 avgust kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini oşiriş, ulardan samarali foydalaniş, investitsiyalarni, avvalo, töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş va özlaştiriş, işlab çiqarişni mahalliylaştiriş kölamini kengaytiriş masalalariga bağişlangan videoselektor yiğilişi ötkazildi. Unda prezident köplab masalalarga töxtaldi.

Davlat rahbarining ta'kidlaşiça, endi viloyat hokimlarida mahalliylaştiriş va import nazorati böyiça yangi yordamçi paydo böladi. Ular viloyatdagi importni nazorat qiladi va mahalliylaştiriş bilan şuğullanadi.

«Viloyat hokimlarida yangi yordamçi paydo böladi. U mahalliylaştiriş va import nazorati bilan şuğullanadi. Biz importni kamaytirmas ekanmiz, iqtisodni rivojlantira olmaymiz. U viloyatga qanday mahsulotlar kirayotganini tekşiradi va şunga qarab reja işlab çiqadi. Men kadrlar bölimiga tayinlayman, bu lavozimga iqtisodni tuşunadigan aqlli odamlarni tavsiya qiladi», — deb prezidentning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.