“Biznes Online” işbilarmonlik naşri öz talqiniga köra, Rossiyaning eng katta ta'sirga ega musulmonlari yuztaligini e'lon qildi.

Ravil Gaynutdin
Foto: RIA "Novosti"

 

Reytingda Rossiya musulmonlar diniy boşqarmasi prezidiumi raisi va muftiylar kengaşi rahbari Ravil Gaynutdin yetakçilik qilmoqda. 2-örinni Tataristonning birinçi prezidenti Mintimer Şaymiyev egallamoqda. 

Mintimer Şaymiyev
Foto: RIA "Novosti"

3-öringa doğistonlik yakkakuraş jangçisi, UFC böyiça jahon çempioni Xabib Nurmagomedov loyiq topilgan. 

Xabib Nurmagomedov
Foto: RIA "Novosti"

Şuningdek, yetakçi öntalikdan Tataristonning amaldagi prezidenti Rustam Minnixanov (4-örin), Çeçeniston rahbari Ramzon Qodirov (5-örin), USM Holdings asosçisi va boş aksiyadori, milliarder Alişer Usmonov (6-örin), Rossiya musulmonlari markaziy diniy boşqarmasi raisi Talgat Tojuddin (7-örin), Rossiya Federatsiya kengaşining Doğistondan a'zosi, milliarder Suleyman Kerimov (8-örin), Moskva merining şaharsozlik siyosati va quriliş masalalari böyiça örinbosari Marat Xusnullin (9-örin) va Moskva jome' masjidi imom-xatibi Şamil Alyautdinov (10-örin) joy olgan.

Foto: RIA "Novosti"

Reytingga 100 kişi kiritilgan bölib, undan hokimiyat, biznes, madaniyatda muhim örinlarga ega bölganlar, metsenatlar, din va ma'naviyat arboblari, islom ulamolari örin olgan. Nomzodlar diniy, siyosiy, iqtisodiy va jamiyat turmuşiga ta'siri böyiça baholangan.

Alişer Usmonov islom dini rivoji uçun amalga oşirayotgan işlari uçun e'tirof etilgan. Jumladan, u Bulğor islom akademiyasiga rekord miqdorda xayriya mablaği ajratgan (500 mln rubl) hamda Bulğor şahrida Oq masjid qurilişiga homiylik qilgan. Mutaxassislarning ta'kidlaşiça, Usmonov islom bilan boğliq boşqa loyihalarni nafaqat Rossiyada qöllab-quvvatlaydi. Jumladan, tadbirkor Toşkentdagi Islom madaniyati markaziga 8 mln dollarlik kitoblar töplamini sovğa qilgan. Kitoblar orasida Şarq madaniyati va islom dunyosining Yevropaga ta'siri haqidagi asarning nafaqat lotin, ingliz, fransuz va nemis tillardagi tarjimasi, balki buyuk ajdodimiz Ibn Sinoning “Tib qonunlari”ning lotin tiliga ilk tarjima qilingan nusxasi bor.