Afğoniston poytaxti Kobuldagi töyda sodir etilgan portlaş oqibatida 63 kişi halok böldi, 182 kişi yaralandi. Bu haqda Tolo News naşri xabar berdi. Portlaş sodir bölganini Afğoniston içki işlar vazirligi tasdiqlagan.
Portlaş mahalliy soat bilan 22:40da Kobuldagi banket zallaridan birida yuz bergan. Guvohlarning xabar berişiça, terrorçi-xudkuş özini sahna oldida portlatgan.
Afğonistondagi töylarda yuzlab kişilar iştirok etadi va odatga köra ayollar hamda erkaklar alohida zallarda ötirişadi.
Mehmonlardan biri Muhammad Faroğ ayollar zalida turganida kuçli portlaş ovozini eşitganini aytdi. «Barça köçaga çopdi, hamma yiğlar va baqirar edi», deya uning sözlarini keltirmoqda Frans press.
«Yigirma daqiqa davomida erkaklar zalini quyuq tutun qamrab turdi. U yerda bölganlarning hammasi yoki halok bölgan yoki yaralangandi. Portlaşdan 2 soat vaqt ötganidan keyin ham u yerdan jasadlarni olib çiqişayotgandi», deydi u.


Qayd etiş kerakki, portlaş Afğoniston uçun juda ahamiyatli bir vaqtda, AQŞ va «Tolibon» 18 yillik uruşni töxtatişga yaqin turganda sodir etildi.

«Tolibon» uşbu teraktga aloqador emasligini ma'lum qildi.
Ayni vaqtda heç bir guruh uşbu teraktni öz zimmasiga olmadi. Toliblar vakili taşkilot uşbu teraktni keskin qoralaşini ma'lum qildi.
Footage shows the aftermath of a suicide #bombing at a #wedding hall in the west of Kabul that killed at least 60 people. pic.twitter.com/SulAcvFncO
— TOLOnews (@TOLOnews) August 18, 2019
Sunniy mazhabdagi jangarilar, jumladan toliblar va IŞID ta'siridagi guruhlar avval bir neça marta şia mazhabidagi hazoriylarga, Afğoniston va Pokistonda diniy ozçilikni taşkil etuvçilarga hujum qilgandi.
Bugungi portlaşdan roppa-rosa 10 kun muqaddam Kobuldagi politsiya mahkamasi hududida avtomobilga örnatilgan portlovçi qurilmalar orqali portlaş sodir bölgan va 14 kişi halok bölib, 150 kişi yaralangandi.
Öşanda terakt uçun javobgarlikni «Tolibon» öz zimmasiga olgandi.
16 avgust kuni Pokistonda Afğonistondagi «Tolibon» yetakçisi Mavlavi Haybatulla Oxunzodaning akasi Hafiz Ahmad öldirilgandi. U Kvetta şahridagi masjid yaqinida bomba portlaşi oqibatida halok bölgan. Bu portlaş uçun javobgarlikni heç bir guruh öz zimmasiga olmagandi.
Bi-bi-si agentligining Afğoniston razvedkasidagi manbasi xabar berişiça, öşa kuni masjidga Mavlavi Haybatulla Oxunzoda taşrif buyurişi kutilgandi, katta ehtimol bilan aynan u terakt nişonida bölgan.
Toliblar va AQŞ (ayni vaqtda mamlakatda ming nafardan ortiq amerikalik harbiy bor) tinçlik kelişuviga erişiş arafasida turgan bölsada Afğonistondagi vaziyat keskinligiça qolmoqda. «Tolibon» vakillari yaqinda Qatar poytaxtida rasmiy Vaşington vakillari bilan muzokaralar ötkazişdi, ikki tomon ham muzokaralarda ilgarilaş kuzatilganini ma'lum qilgandi.
Juma kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp tvitterida tomonlar kelişuvga yaqin ekanini yozdi.
Bu kelişuvga köra, AQŞ öz harbiylarini Afğonistondan bosqiçma-bosqiç olib çiqişi kerak böladi, tolibonlar esa amerikalik harbiylarga hujum uyuştirmaydi.
Fevral oyida «Tolibon» vakillari Moskvaga Afğoniston muxolifati vakillari, sobiq amaldorlar va siyosatçilar bilan muzokaralar ötkaziş uçun borişgandi.
Avgust oyi boşida esa «Tolibon» delegatsiyasi Toşkentga keldi va Taşqi işlar vazirligida taşkilotning Doha şahridagi siyosiy ofisi rahbari mulla Barodar Oxund boşçiligidagi Harakat vakillari bilan uçraşuv bölib ötdi.












