Temir eşikni oçişga möljallangan uçi ötkir ikkita temir jism, katta miqdordagi pulni soliş uçun maxsus tayyorlangan polietilen qop, oşxona piçoği va maxsus qölqop... Payariqlik 24 yoşli T.D. ana şu narsalar bilan «qurollanib» «Xalq banki» Payariq tuman filialini ömarmoqçi böldi. Bu haqda Jinoyat işlari böyiça Payariq tuman sudi raisi Şuhrat Şaripov Kun.uz`ga xabar bermoqda.

Sudda ma'lum bölişiça, T.D. bank hovlisiga devordan oşib tuşgan. Öşa kuni bank xazinasida 655 million söm, 263 ming AQŞ dollari va 675 yevro – jami 2 milliard 900 million sömga yaqin mablağ bölgan.

Bank hovlisiga tuşgan öğri pullar saqlanadigan xona temir eşigini özi tayyorlagan maxsus qurollar bilan oçişga urinayotgan bir vaqtda binoda bölgan Payariq tumani IIB qöriqlaş bölimi xodimi temir eşik ovozini eşitib, voqea joyiga yetib kelgan.

IIb xodimini körgan T.D. qoçişga urinadi. Uni quviş vaqtida xodim «Töxta, otaman» deb ogohlantirgan. Ammo jinoyatçi töxtamagaç, havoga qaratib öq uzgan. Öq ovozidan qörqib ketgan T.D. töxtab, yerga yotgan. Şu tarzda bank öğirligi oldi olingan.

Payariq tuman prokurori katta yordamçisi Abdumannon Şeraliyevning Kun.uz`ga ma'lum qilişiça, bankni tunaş bilan boğliq öğirlik yurtimizda kamdan kam uçraydigan hodisa hisoblanadi. Sudlanuvçi T.D. esa oldin ham öğirlikka qöl urgan. U savdo dökoni va fuqarolardan birining uyiga şu maqsadda tuşgani ma'lum bölgan. T.D. avvalgi öğirlik «operatsiyalari» «muvaffaqiyatli çiqqaç», bankni tunaşga qaror qilgan.

Sud «Xalq banki»ning tuman fillialiga öğirlik qiliş maqsadida kirişga uringan T.D.ga 6 yil-u 6 oylik qamoq jazosi tayinladi.