«Asaka» bankning Qoraqalpoğiston Respublikasi filialida mijozlar uçun navbatdagi sayyor qabul ötkazildi.
Tadbirda «Asaka» Bank ijro apparati boşliği örinbosari Sa'dulla Talibdjanov tomonidan kiçik biznes va tadbirkorlik sub'yektlarini qöllab-quvvatlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar böyiça batafsil tuşunçalar berildi.

Qabul davomida mijozlar tomonidan respublikada ötkazilayotgan körik-tanlov va tenderlar şaffofligini ta'minlaş, quriliş hujjatlarini rasmiylaştiriş mexanizmini soddalaştiriş va şu kabi turli masalalarda mijozlarning murojaati qabul qilindi. Uşbu murojaatlarning köpçiligi joyida özida yeçimini topdi, qolganlari mutaxassislar tomonidan nazoratga olindi.

– Bunday sayyor qabullarning ötkazilişi bizlar uçun muhim ahamiyat kasb etadi, – deydi Amudaryo tumanidagi «Manğit Invest plyus» mas'uliyati çeklangan jamiyati raisi Jalğas Boymuratov. – 2017 yili «Asaka» bankning 477 ming AQŞ dollari miqdoridagi mablağlari hisobidan issiqxona taşkil etdik. Natijada 19 ta yangi iş örni yaratildi. Yetiştirilgan pomidor va bodring mahsulotlari içki bozorimizdan taşqari, Qozoğiston va Turkmaniston davlatlariga eksport qilinmoqda.
Tadbirda iştirokçilar özlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldi.
«Asaka» ATB matbuot xizmati
Reklama huquqi asosida












