«Toşkent metallurgiya zavodi»ning qurilişi 2017 yildan Özbekiston Respublikasi Prezidentining 7 apreldagi «Toşkent metallurgiya zavodi qurilişi investitsiya loyihasini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoniga asosan boşlangan edi.
TMZ Özbekiston Respublikasi uçun yirik strategik ahamiyatga egadir. Zavodning işga tuşirilişi metallurgiya mahsulotlari importini kamaytirişga va mamlakatimiz sanoat salohiyatini sezilarli darajada oşişiga xizmat qiladi.
Loyiha yölga qöyilişi nafaqat sanoat balki, quriliş sektori, avtomobilsozlik, maişiy texnika va boşqalar kabi tegişli tarmoqlarning rivojlanişiga xam turtki böladi.
Loyiha umumiy qiymati: 326,697 mln yevro. Şulardan:
- Loyiha taşabbuskorining öz mablağlari: 147 mln yevro;
- «Rossiya Yeksimbanki» kredit mablağlari: 164,562 mln yevro;
- «Asaka» bank tomonidan qayta moliyalaştirilgan mablağlar: 97,416 mln yevroni taşkil etadi.
Işlab çiqariş quvvati yiliga 500 000 tonna eko-mahsulotni taşkil etadi.
Korxona işga tuşiş natijasida 672 ta doimiy iş örni yaratiladi.
Işlab çiqariladigan mahsulotlarning 20% Eron, Turkiya, Afğoniston, Ozarbayjon, Armaniston, Belorus, Gruziya, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina, Latviya, Litva va Estoniya kabi davlatlarga eksport qilinişi rejalaştirilgan.
Loyiha 2020 yilning dekabr oyida işga tuşişi közda tutilgan.
«Asaka» bank Matbuot xizmati

















