2019 yilning 22 avgust kuni 02 dan 50 daqiqa ötganda Toşkent şahar Şayxontohur tumani “Huvaydo” MFYda joylaşgan 31, 51, 33 va 42-uylarda yonğin sodir bölayotganligi haqida yonğin-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tuşgan.

Özbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qiliş bölinmasi ma'lumotida aytilişiça, xabar asosida voqea joyiga 5 ta yonğin öçiriş bölinmalari jalb etilgan. Birinçi bölinmalar körsatilgan manzilga soat 02:58da yetib borgan. Körilgan tezkor harakatlar natijasida yonğin soat 03:11da qurşab olingan va 03:42da töliq bartaraf etilgan. Tan jarohati olganlar va halok bölganlar qayd etilmagan.

Yonğin oqibatida Huvaydo 4-tor köçasidagi 31-uyning 20 kv. metr, 51-uyning 65 kv. metr, 33-uyning 40 kv. metr va Xuvaydo 2-tor köçasidagi 42-uyning 25 kv. metr maydonda tom qismlari yonib zararlangan. Yonğindan uylarning jami 550 kv. metr maydoni saqlab qolingan.

Yonğinni qisqa vaqtda tarqalişiga uylarni qurişda yonğinga qarşi oraliq masofalar inobatga olinmagan va yonğinga qarşi devorlar qurilmaganligi sabab bölgan. Hodisaning kelib çiqiş sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.