Senat raisi Tanzila Norboyeva bugun, 22 avgust kuni, Senat binosida OAV xodimlari bilan uçraşuv ötkazdi. Fuqarolik jamiyatini mustahkamlaşda Senatning örni qanday bölişi, xalqni rozi qiliş, yuqori turuvçi organlar qay tartibda işlaşi kerakligi haqida fikrlar muhokama markazida böldi.
«Hammamizga ma'lumki, Prezident lavozimiga kirişganidan keyin xalq bilan muloqotni boşladi. Öşa paytda Kasaba uyuşmalari federatsiyasi rahbari bölib işlardim. Har kuni xalq bilan doimiy va uzluksiz aloqa qilişni avvaliga hamma rahbarlar ham töliq anglab yetişmadi. Ayniqsa, vazirlar tuşunmadi. Köpçilik öyladiki, bu odatiy hol, kampaniya sifatida ötadi-ketadi. Saylovgaça ötkaziladigan balandparvoz gaplar, deya talqin qilindi.
Lekin davlat rahbari bu yönalişni bitta tizimga soldi. Yaqinda majlislardan birida ham prezident xalq bilan muloqot qiliş yanayam kuçayişini, xalqdan fikr olib, davlat ahamiyatiga molik muhim qarorlar qabul qilinişini ta'kidladi. Biz, parlament a'zolari, deputatlar xalqning içiga birinçi bölib kirib borişimiz kerak. Hali bunday talabga javob berayotgan iş qilinayotgani yöq», deya fikr bildirdi Norboyeva.
Senat raisi aholi murojaatini tezkorlik bilan körib çiqişda yangi tizim yölga qöyilganini aytib ötdi. Endilikda har bir senator ma'lum bir viloyatga xizmat safariga borişdan oldin öşa hududdan kelgan murojaat xatlarini özi bilan olib ketadi, murojaatlar mazmunini örganadi. Söng tegişli mutasaddilarni yiğib, muammoni joyida hal qiliş tizimiga ötişadi.
Tadbirda jurnalist va blogerlar senatorlar faoliyati oçiqligini ta'minlaş uçun bir neçta takliflar berişdi. Jumladan, har bir senatorning ijtimoiy tarmoqlarda sahifasi bölişi lozim. Murojaatlar töğridan-töğri şu yerga jönatilsa, jarayonni tezlaştiriş imkoni ortadi.












